Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Andrey Shipilov: «Bugungi durang biz uchun g‘alabaga teng bo‘ldi»

Andrey Shipilov: «Bugungi durang biz uchun g‘alabaga teng bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi yakuniga yetgach, uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shipilov va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Suxrob Nurulloyev ishtirok etishdi.

Andrey Shipilov: — Avvalambor, “Nasaf” klubi rahbariyatiga bizni yaxshi kutib olishgani, bizga nisbatan ko‘rsatilgan hurmat va yaratib berilgan sharoit uchun katta tashakkur izhor etaman. Bu minnatdorchiligimni o‘yin qanday natija bilan tugagan taqdirda ham aytgan bo‘lar edim. Chunki bizga mehmon siftatida katta ehtirom ko‘rsatildi. Bu yerdagi sharoitlar a’lo darajada. Endi o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam. Biz bugun qanday raqib bilan o‘ynashimizni oldindan tasavvur qilgan edik. “Nasaf”da ajoyib murabbiylar, kuchli va taniqli futbolchilar bor. Jamoaning aksariyat o‘yinchilari turli terma jamoalarda to‘p tepishadi. Biz bugun kuchli raqib bilan o‘ynadik. Bu jamoa bilan ochiq futbol o‘ynash juda xavfli. Bugungi durang biz uchun g‘alabaga teng bo‘ldi.

Suhrob Nurulloyev: - Avvalambor, bugungi uchrashuvda bizga dalda bo‘lgan muxlislarimizga o‘z tashakkurimni bildiraman. Biz bugun kuchli raqibdan ochko olishga erishdik. Bugun jamoadoshlarimiz juda ahil o‘yin ko‘rsatishdi. Keyingi o‘yinlarda ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.  

Andrey Shipilov: - Bugungi uchrashuvning dastlabki bo‘limida bizda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch yetishmadi. Dastlabki daqiqalarda yaxshi himoyalandik. To‘g‘risi, biz G‘aniyev va Hamrobekovdan juda xavfsiragan edik. Kutganimiz bo‘ldi, G‘aniyev darvozamizga gol urishga erishdi. Bu futbolchi juda mazmunli o‘yin ko‘rsatadi. U ustalik bilan bugun gol urdi. Hattoki bu golda posbonimizni ayblash noo‘rin bo‘ladi. G‘aniyevning mahoratiga tan bermasdan ilojimiz yo‘q. Ikkinchi bo‘limni mazmunliroq o‘tkazdik, chunki tanaffusda futbolchilarimizga kerakli ko‘rsatmalarni berdgan edik. To‘g‘ri, raqibimiz bugun bizga nisbatan kuchli o‘ynadi. Biz ham bexato himoyalandik, ko‘p vaziyatlarda darvozabonimiz mahoratini namoyish etdi.

Suxrob Nurulloyev “Paxtakor”da qo‘limda shug‘ullangan. Men bu o‘yinchini kelajagiga ishonaman. Shuning uchun unga ishonch bildirayapman. U avvalgi klubida raqobat kuchli bo‘lgani uchun zaxirada qolib ketayotgan edi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:48, 31.03.2018.
O'qildi: 2842 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.