Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Osiyo kubogi-2019. O‘zbekiston qur’a paytida 3-savatchada bo‘ladi

Osiyo kubogi-2019. O‘zbekiston qur’a paytida 3-savatchada bo‘ladi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi-2019 musobaqasining saralash bosqichi yakuniga yetib, unda ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Xabaringiz bor, qit’a chempionatida ilk marta 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 12 may kuni o‘tkaziladi.

Osiyo kubogi-2019 reglamentiga ko‘ra, qur’a oldidan jamoalarni savatchalarga ajratishda FIFAning aprel oyidagi reytingi inobatga olinadi. Mazkur reyting 12 aprel kuni rasman e’lon qilinadi. O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev mazkur reytingni oldindan hisoblab, o‘zining Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

E’tiborli tomoni, Osiyo kubogi-2019 saralashining dastlabki bosqichidan o‘tib, JCH-2018 saralashida qatnashgan 12ta jamoaning 3tasi uchinchi savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. O‘zbekiston terma jamoasi yangi reytingda Osiyo jamoalari orasida 13-o‘ringa tushib qoladi. Natijada jamoamiz 3-savatchadan o‘rin oladi.

Birinchi savatchadan BAA (mezbon), Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rin olishgan. Ikkinchi savatchaga esa Xitoy, Qirg‘iziston, Suriya, Livan, Falastin va Ummon termalari joylashishgan. Iroq, Hindiston, Qatar, Vyetnam va KXDR terma jamoalari 3-savatchadan o‘rin olishgan va ular OK-2019 guruh bosqichida O‘zbekistonga raqib bo‘lishmaydi. Filippin, Bahrayn, Iordaniya, Yaman, Tailand, Turkmaniston termalari 4-savatchani tashkil qilishgan.

Demak, Osiyo kubogi-2019da Markaziy Osiyo mintaqasining 4ta terma jamoasi — Eron, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston bitta guruhdan o‘rin olish ehtimoli yo‘q emas.

Osiyo kubogi-2019 savatchalari
1-savatcha: BAA (FIFA reytingida 405 ball), Eron (727), Avstraliya (700), Yaponiya (528), Janubiy Koreya (520), Saudiya Arabistoni (445)
2-savatcha: Xitoy (431), Qirg‘iziston (424), Suriya (423), Livan (404), Falastin (401), Ummon (383)
3-savatcha: O‘zbekiston (381), Iroq (381), Hindiston (354), Qatar (339), Vyetnam (331), KXDR (292)
4-savatcha: Filippin (289), Bahrayn (281), Iordaniya (272), Yaman (250), Tailand (243), Turmaniston (242)

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi musobaqasi 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAning 4ta shahrida joylashgan 8ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:33, 31.03.2018.
O'qildi: 8660 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.