Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

APL. «Tottenxem» safarda «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi

APL. «Tottenxem» safarda «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+1 | -

Angliya premyer ligasi 32-turi doirasidagi «Chelsi» hamda «Tettenxem» o‘rtasidagi markaziy bahs o‘z poyoniga yetdi.

Kutilganidek juda muxsilbop tarzda kechgan o‘yin natijasi birozgina kutilmagan ko‘rinish oldi. Aniqroq aytganda Antoni Konte shogirdlari o‘z maydonlarida 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Avvaliga o‘yin to‘laligicha mezbonlar nazorati ostida kechdi. «Tettenxem» o‘yin boshlarini asosan mudofaada o‘tkazdi. 30-daqiqaga kelib «Chelsi» ketma-ket yuzaga kelgan vaziyatlardan so‘ng nihoyat, hisobni ochdi.

Bu joyda Mozes tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Morata boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Keyin esa «Tottenxem» futbolchilari o‘yinga munosabatni o‘zgartirishdi va nazoratni sekin-asta qo‘lga oldi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Kristian Eriksening fantastik goli esa birinchi bo‘limda jamoasini mag‘lubiyat qutqarib qoldi. «Shporlar» bu tempni ikkinchi bo‘limda ham tushirishmadi va Dele Alli 62 hamda 64-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi, 1:3.

Bu gollardan keyin «aristoktarlar» vaziyatni o‘nglashga qancha urinishmasin buni iloji bo‘lmadi. Hatto tarkibdagi ketma-ket o‘zgarishlardan ham foyda bo‘lmadi.

APL. 32-TUR

Chelsi – Tottenxem 1:3 (1:1)

Gollar: 1:0 – 30 Morata, 1:1 – 45 Eriksen, 1:2 – 62 Alli, 1:3 – 66 Alli.

Chelsi: Kabalyero, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 81), Villian, Fabregas, Azar, Kante, Alonso (Emerson, 83), Morata (Xadson-Odoi, 88).

Tottenxem: Lyoris, Sanches, Devis, Trippyer, Vertongen, Dayer (Vanyama, 81), Dembele, Alli, Lamela (Sissoko, 88), Eriksen, Son Xin Min (Keyn, 74).

Ogohlantirishlar: Devis (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:16, 01.04.2018.
O'qildi: 7873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.