Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Branko Ivankovich: «Nasaf» bugun bizga o‘z o‘yinimizni o‘ynashga imkon bermadi»

Branko Ivankovich: «Nasaf» bugun bizga o‘z o‘yinimizni o‘ynashga imkon bermadi»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi yakuniga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan  matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich ishtirok etdi.

- Assalomu alaykum, bugun juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. “O‘yinda qo‘lga kiritilgan natijadan mamnunman. Biz ushbu o‘yindan so‘ng keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘ydik. Bu esa bizning asosiy maqsadimiz edi.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, juda shiddatli futbol uchrashuviga guvoh bo‘ldik. “Nasaf” keyingi bosqichga chiqa olmadi. Bugun gol kirita olmagan bo‘lsada, juda ajoyib o‘yin ko‘rsata oldi.

Shu o‘rinda mezbonlarga, bizga ko‘rsatgan ehtiromi va yaratib bergan sharoitlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman

Biz chempionlar ligasining eng qiyin guruhidan joy olganmiz. Shuni ta’kidlash kerakki, bugun biz Osiyoning istalgan jamoasiga qarshi sifatli o‘yin namoyish eta olishimizni ko‘rsata oldik.

Bugungi o‘yindan keyin jamoamizda ishonch paydo bo‘ldi. Keyingi o‘yinda ham “Al Sadd”ni mag‘lub etgan xolda guruhda birinchi o‘rinni olish va bosqichma- bosqich ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Bugun “Nasaf” juda ham yuqori kayfiyatda o‘ynadi, 90 daqiqa davomida gol urishga harakat qildi va jamoamizga o‘z o‘yinini namoyish qilishga imkon bermadi. “Nasaf”ga Dragan Cheranning jarohati xalal berdi, ammo bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Tarkibida iqtidorli yoshlar ko‘p.

“Nasaf”dagi 20 va 10-raqamdagi futbolchilar menga yoqdi. 6 va 7-raqamdagi futbolchilarda ham mahorat yuqori. Shuningdek Lukich o‘ng qanotdan ko‘p hujumlar orqali bizga “bosh og‘riq” bo‘ldi. Ta’kidlayman, “Nasaf" bugun birinchi o‘yindan butkul boshqacha raqobat ko‘rsatdi. Ilk o‘yinimizda mamlakatiingizda  chempionat boshlanmagani “Nasaf”ga pand bergan edi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:44, 02.04.2018.
O'qildi: 3141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик