Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Bahrom Haydarov: «Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman»

Bahrom Haydarov: «Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

“Neftchi” – AGMK bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va futbolchi Jalil Kimsanovlar ishtirok etishdi.

Bahrom Haydarov: Birinchi o‘rinda, mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Bu mag‘lubiyat oxirigisi bo‘lishiga harakat qilamiz. Raqibni esa g‘alaba bilan tabriklayman. Gol ura olmayotganimiz juda katta muammolarga sabab bo‘lmoqda. AGMKning tezkor qarshi hujumlari va standartlarini qabul qilish jarayoniga tayyorlangandik. Xatolar tufayli xuddi “Paxtakor” bilan bahs singari yana gollar o‘tkazib yubordik. Ishlashda davom etamiz. “Neftchi” hamisha oldinga intiladi. Qachondir, omadimiz kelishiga ishonaman. Natija uchun yana bir bor muxlislardan uzr so‘rayman.

Jalil Kimsanov: O‘yinga puxta tayyorlangandik.  Ochig‘i juda xayronman! Birinchi gol futbolchilarga ruhiy ta’sir qildi chog‘i. Hujumlarga zo‘r berib, himoyani unu tib qo‘ydik. Raqibni esa g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislardan uzr so‘rayman.

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:52, 05.04.2018.
O'qildi: 2978 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик