Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Xushxabar! O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Xushxabar! O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Baho:
+ | -

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tunisning Hammamed shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro lisenzion musobaqada ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.

Bundan bir necha daqiqa oldin Hammameddan xushxabar yetib keldi. Bahslarda -48kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan Ulug‘bek Rashidov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba sportchimizga Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi.

Shuni qayd etib o‘tishimiz lozimki, Ulug‘bek musobaqa davomida Malayziya, Bahrayn, Belorus, Tunis, Koreya mamlakatlari vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib keldi. Qiyin kechgan hal qiluvchi jangda esa u rossiyalik raqibini  31:28 hisobida taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

-48 kg: Ulug‘bek Rashidov
-63 kg: Jasur Jaysunov
-73 kg: Abdulaziz Hamidullayev
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-55 kg: Ozoda Sobirjonova  
-63 kg: Feruza Sodiqova.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 07:21, 07.04.2018.
O'qildi: 2457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик