Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Superliga klublari direktorlari “Everton” akademiyasida ish o‘rganishdi

Superliga klublari direktorlari “Everton” akademiyasida ish o‘rganishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasi klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliyaga uchib ketishgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Bugun klublar direktorlari Angliya Premyer-Ligasi vakili “Everton” klubi akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida Superliga klublari direktorlari klub infratuzilmasi, menejmenti, akademiyasi faoliyati, marketing, klub tizimi va skauting kabi masalalarda ish o‘rganishdi.

Ta’kidlash lozim, klub direktorlarini “Everton” klubi direktori Stiv Uolsh kutib oldi va mehmonlarga tashrif davomida malaka oshirishlari uchun sharoit yaratib berdi. Shuningdek, direktorlarga bir qancha vaqt davomida Angliyaning “Lester” klubiga murabbiylik qilgan Kreyg Shekspir klub qanday tarzda mashg‘ulot olib borishi, mashg‘ulotlar jarayoni haqida so‘zladi. Tashrif davomida, klub infratuzilmasi, akademiyasi faoliyat ham o‘rganildi.

Superliga klublari direktorlari, shuningdek, klub mashg‘ulotlar maydoniga tashrifi chog‘ida, klub futbolchilari bilan ko‘rishib, ularning mashg‘ulotlar jarayonini kuzatib borishdi. Mashg‘ulotlar paytida “Everton” klubi futbolchilari, Fil Yagiyelka, Tom Devis, Teo Uollkot, Lleyton Beyns kabi futbolchilar o‘zbekistonlik mehmonlar bilan mashg‘ulotlar jarayoni borasida suhbatlashishdi. Ta’kidlash lozim, Superliga klublari direktorlari uchun ushbu uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi va ikki tomon kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hamda Angliya Futbol Assosiasiyasining o‘zaro hamkorlik kelishuviga ko‘ra bu kabi uchrashuvlar Angliyaning boshqa klublari bilan ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:57, 07.04.2018.
O'qildi: 1902 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик