Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Aleksandr Xomyakov: «Bu o‘yindan o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz»

Aleksandr Xomyakov: «Bu o‘yindan o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz»

Baho:
+ | -

PRO-Liganing 1-turidan o‘rin olgan «Andijon» - «Mash’al» (2:0) o‘yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Andijon” jamoasini qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabriklayman. Ular bugun o‘zlariga ishongan holda o‘ynashdi. Birinchi bo‘limda futbolchilarimning ko‘rsatgan o‘yinini biz o‘ylagandek emasdi. Baribir bu birinchi liga bo‘lgani uchun ham yigitlarga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. “Mash’al” birinchi ligaga tushirib yuborilganidan keyin ko‘pchilik bizni Superligaga qaytish uchun birinchi raqamli da’vogar deb hisoblashyapti. Lekin ko‘rib turibmizki, bu yerda oson raqiblar yo‘q. Bundan tashqari, maydonning holati ham bizga biroz xalaqit qildi. To‘g‘ri, maydon chimining sifati yomon emas. Biroq bunday holatda boshqacha futbol ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. “Andijon” jamoasi o‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolardan foydalanib qoldi.

Masalan, birinchi golni standart vaziyatdan keyin kiritishdi. Afsuski, raqib o‘yinchisini bo‘sh qoldirishdi. Ikkinchi golda esa himoyachilarimiz raqibga qarshilik ko‘rsata olmadilar. Lekin andijonliklarda golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, mening jamoamda ham imkoniyatlar yetarlicha bo‘ldi deya olmayman. Bunday sharoitda to‘pni faqat oldinga tepish orqali o‘ynash mumkin. Albatta, bu o‘yindan o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqaramiz. 

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:17, 07.04.2018.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик