Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Neftchi": Futzalchilarimizdan g‘alabalar

"Neftchi": Futzalchilarimizdan g‘alabalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farrux Zokirov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” futzalchilari mamlakat chempionatining 2-turini Farg‘onada o‘tkazishdi. “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvda Zokirov shogirdlari 2:1 hisobida irodali g‘alabani qayd etganliklari haqida xabar berib o‘tgandik. Ikkinchi javob bahsi esa umuman o‘zgacha suratda kechdi deyish mumkin. Sababi 7 aprel oqshomidagi navbatdagi o‘yinda farg‘onaliklik futzalchilar raqib darvozasini 10 marta aniq nishonga olishdi. Gollar shousida mehmonlar 2 marotaba o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Yakuniy hisob 10:2. “Neftchi” xar ikki bahsda ham “Temiryo‘lchilar”dan ustun keldi. Mezbonlar murabbiyi Boburbek Madaminov bahsdan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi

-  “Lokomotiv” futzalchilari chempiontdagi eng kuchli raqiblardan biri sanaladi. Tezkor gollar xar doim muhim. Ortda qolgan bellashuvda bu bizga katta yordam berdi. Farg‘onada birinchi bor o‘yin o‘tkazdik. Uchrashuvni bevosita klub rahbariyati va muxlislar kuzatib borishgani sababli biroz xayajon bosdi. Hayajon bo‘lgani bir tarafdan yaxshi, chunki mas’ulyatni his qilgan insonda xayajon kuzatiladi. Yangi mavsum oldidan tarkibimizni kuchaytirdik. Yuqori maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan “Neftchi” ko‘plab tajribali o‘yinchilarni o‘z safiga jalb qilgan. Sovrinlar o‘rinlar uchun kurashmoqchimiz. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat – dedi Boburbek Madaminov

Futzalchilarimizni yana bir raqobat kutib turibdi. Jamoa 3-turda Buxoroda mehmon bo‘ladi. 11-12 aprel kunlari “Buxoro” futzal jamoasi Vodiy klubini qabul qiladi. Ayni paytda farg‘onaliklar bo‘lajak o‘yinga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda. 

Hojiakbar Jabborov  

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 22:20, 08.04.2018.
O'qildi: 3044 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.