Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi prevyusi

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turida "Paxtakor" 12 aprel kuni Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o‘ynaydi.

6-tur bellashuvidan oldin biz jamoalar to‘qnashuvlariga oid ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Oliy ligada jamoalar 36 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 29 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 95 gol urilib, 21 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 15tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi marta safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0.

Yuqori liga tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mezbonlarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

"Paxtakor" va "Qizilqum" o‘rtasidagi 37-uchrashuv 12 aprel, payshana kuni soat 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

 

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:11, 10.04.2018.
O'qildi: 2746 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик