Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Ilhom Mo‘minjonov: «Mezbonlar shijoat ko‘rsatishdi»

Ilhom Mo‘minjonov: «Mezbonlar shijoat ko‘rsatishdi»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turi doirasidagi  "So‘g‘diyona" - "Navbahor" jamoalari uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi. U o‘z fikrlarini quyidagicha bildirdi:

“Garchi uchrashuv davomida 2ta to‘p farqi bilan oldinda borgan bo‘lsakda, o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida mezbonlar o‘z xarakterlarini namoyish etib, yakunda irodali g‘alabaga erishdilar. Maydon egalari bunga to‘la haqli edilar. Chunki shogirdlarim so‘nggi daqiqalarda konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yishdi. Oqibatda ketma-ket gollar o‘tkazib yubordik.

Menimcha, bahsning birinchi bo‘limida yigitlar chiroyli o‘yin namoyish etishmadi. Shunchaki 2ta vaziyatda omadlari kelib, jizzaxliklar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Maydon egalari birinchi bo‘limda ham 2-3 marta gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va bizdan ancha ustunlik qilishdi. Shuningdek, mezbonlar shijoat ko‘rsatishdi. “So‘g‘diyona” futbolchilarining maydonga g‘alaba uchun tushishgani ko‘rindi. Shogirdlarim esa o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p surishdi”.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:31, 12.04.2018.
O'qildi: 2649 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик