Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Osiyo kubogi-2019 qur’asi: O‘zbekiston FIFA reytingida Qirg‘izistondan pastroq o‘ringa joylashganiga qaramay, rasman ikkinchi savatchadan o‘rin oldi

Osiyo kubogi-2019 qur’asi: O‘zbekiston FIFA reytingida Qirg‘izistondan pastroq o‘ringa joylashganiga qaramay, rasman ikkinchi savatchadan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

Avvalroq ma’lum qilinganidek, 2019 yil BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogining barcha ishtirokchisi ma’lum bo‘lgan edi.

Musobaqada ilk marotaba 24 ta jamoa qatnashadi.

BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn, Vyetnam, Qirg‘iziston, KXDR, Filippin va Yaman.

Ma’lumki, joriy yilning 4 may kuni BAAning Dubay shahrida Osiyo Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston FIFA reytingida pastlaganiga qaramay, oldin aytilganidek, uchinchi savatchadan emas, balki ikkinchi savatchadan o‘rin oldi.

O‘zbekistondan ilgarilab ketgan Qirg‘iziston termasi esa 3-savatchadan o‘rin olgan. Sababi OFK qit’a chempionatini o‘tkazish yo‘lida o‘z tasarrufidagi saralash bosqichi va undagi natijalarni inobatga olgan. O‘zbekiston esa saralashning hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanma olgan 12 ta jamoa ichida bor edi. Mazkur omil tufayli O‘zbekiston termasi 2-savatga joylashtirilgan. Hozirga qadar OFK Jahon Chempionati uchun alohida va Osiyo Kubogi final bosqichi uchun alohida saralash musobaqasi tashkil etib kelgan. Ammo oxirgi bor tashkilot mazkur ikki saralashni yaxlit ko‘rinishga keltirishni lozim topdi. Ya’ni, Jahon Chempionati—2018 va Osiyo Kubogi—2019 1 ta saralashga birlashtirildi.

Qur’aga ko‘ra terma jamoalar 6 guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalardan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Musobaqa 5 yanvardan 1 fevralga qadar BAAning 4 ta shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:30, 12.04.2018.
O'qildi: 12470 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик