Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ilhom Mo‘minjonov "Navbahor"ni tark etadimi?

Ilhom Mo‘minjonov "Navbahor"ni tark etadimi?

Baho:
+ | -

“So‘g‘diyona”ga qarshi bahsda alamli mag‘lubiyatdan so‘ng barchaning «Navbahor»dan hafsalasi pir bo‘lgani rost. “Lochinlar” qandaydir «fantastik» daqiqalarda darvozadan bir emas, ikki emas naq uchta to‘p olib chiqdi.

To‘g‘risi, men Sergey Lushan kelgach «So‘g‘diyona» kuchaydi, degan fikrdan yiroqman. Jamoalar oddiy o‘yin ko‘rsatishdi, gollar ham soddagina. Darvoza ishg‘ol qilingan vaziyatlarda gol mualliflaridan ko‘ra - jamoani goldan saqlab qolishi lozim bo‘lganlar katta sahnaga chiqdi. Bolalarcha xatolar oqibatida shunday holat vujudga keldi.

Dangal gapni aytganda, «So‘g‘diyona» bilan Jizzaxda o‘tadigan ko‘p o‘yinlar biroz g‘alati o‘tadi. «Navbahor» Jizzaxda yutib turib mag‘lub bo‘lishi bu odatiy hol, tarix sahifalari bundan darak beradi. O‘sha 5:4 hisobi bilan yakunlangan o‘yinda ham jizzaxliklar irodali g‘alabaga erishgandi. «So‘g‘diyona» - o‘ta noqulay va «qulay» raqib. Tushinganlar tushindi.

Eshitishimizga qaraganda, bugun yoki erta “Navbahor”da navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda. Yig‘ilishning asosiy masalasi mag‘lubiyat va Ilhom Mo‘minjonov. Kim biladi deysiz, balki Mo‘minjonov jamoani tark etar? Bilmadik!

Voqealar rivojidan biroz ilgarilaymiz. Deylik, jamoamiz dastlabki bosqichda kuchli oltilikka kirdi. Shunda kechagi mag‘lubiyat jamoamiz uchun sariq chaqagayam arzimasligi mumkin. «So‘g‘diyona»ning hozirgi salohiyati tan olish kerak, kuchli oltilikka tortmaydi. Shu bois «Navbahor» imkon boricha yuqori o‘rindagi jamoalardan ochko tortib olishi kerak. Hozircha buni yaxshi uddalamoqda «Navbahor». Keyingi turda «Bunyodkor» dog‘da qoldirilsa, vaziyat rejadagidek tus oladi.

Mana «Neftchi» qator mag‘lubiyatlarga uchramoqda, lekin murabbiylar o‘zgarmadi. Lushan kelgani bilan «So‘g‘diyona» baribir autsayder bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun, ikkinchi bosqichgacha yoki mavsum yakunigacha Mo‘minjonov qolishi kerak. Yarim yo‘lda jamoani qabul qilib oladigan yangi murabbiy biz kutgan natijani qo‘lga kirita olishiga kafolat yo‘q. Bu «osh»ni Mo‘minjonov pishirgan, o‘rgilab ham o‘zi yeydi. Shunchaki, jamoaga ishonishda davom etish lozim. Hali hech narsa yo‘qotilmadi, do‘stlar!

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 13:33, 13.04.2018.
O'qildi: 4718 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.