Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarimiz soni yana bittaga ko‘paydi

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarimiz soni yana bittaga ko‘paydi

Baho:
+ | -

Kecha Ispaniyaning Barselona shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish buyicha bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Islom Abdusalomov sprint va slalom buyicha o‘tkazilgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra jahonda ikkinchi o‘rinni egallab, Argentinadagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganligi haqida xabar qilgandik.

Shuningdek, qizlar o‘rtasida sprint va slalom bahslarida ishtirok etayotgan Gulbahor Fayziyeva ham sprintdan so‘ng birinchi pog‘onani egallab turganligi ma’lum qilingandi.

Bugun mazkur bellashuvlarning slalom bahslari tashkil qilindi. Quvonarlisi, vakilamiz ushbu yo‘nalishda ham eng yaxshi natija qayd eta oldi va o‘z tengdoshlari orasida jahonda tengsiz deb topilib, delegasiyamiz hisobiga Olimpiya o‘yinlarining yana bir lisenziyasini qo‘shib qo‘ydi. Demak, Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga akademik eshkak eshish xamda baydarka va kanoeda eshkak eshish buyicha o‘zbekistonlik sportchilar har ikkala yunalishda ikkitadan yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar hamyurtlarimiz quyidagi sport turlarida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasiga ega bo‘lib ulgurishdi:

Og‘ir atletika - 3 ta

Akademik eshkak eshish - 2 ta

Ot sporti (konkur) - 1 ta

Taekvondo - 1 ta

Baydarka va kanoeda eshkak eshish  - 2 ta

Eslatib o‘tamiz, III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos–Ayresda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:11, 15.04.2018.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик