Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

"Nasaf" chempionlar ligasini g‘alaba bilan tugatdi

"Nasaf" chempionlar ligasini g‘alaba bilan tugatdi

Baho:
+-1 | -1

OCHL guruh bosqichining so‘nggi turida "Al Vasl" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvda qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alab qozondilar, ammo bu ularga hech narsa olib kelmadi.

Uchrashuvni “ajdarlar” faollik bilan boshlashdi. Dastlabki daqiqalarda gol urish uchun vaziyatlar ham bo‘ldi.

Vaqt o‘tishi bilan maydon egalari tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Qarshiliklar ko‘proq himoyaga e’tiborini qaratishdi. Ammo 33-daqiqada maydon egalarining tashkil etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Fabio Lima gol muallifi bo‘ldi – 1:0.

Ushbu goldan so‘ng yana "adarlar" faollik ko‘rsatishdi. Ko‘proq to‘pga egalik qilishib, hujumlar uyushtirishdi. 43-daqiqada "Nasaf" raqib jarima maydonchasi yaqinida standart vaziyatga ega bo‘lishdi. Lekin Lukichning darvozaga tepgan to‘pi noaniq bo‘ldi.

Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqasida, "Nasaf"ning tashkil etgan hujumi ham gol bilan yakunlandi. Bunda Doniyor Narzullayev to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga oshirib berdi. To‘p Sharof Muhitdinovga kelib tushdi. Yarim himoyachi to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga aniq yo‘lladi va to‘p darvoza to‘ridan joy oldi – 1:1. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda nihoyasiga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni qarshiliklar ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi. 48-daqiqada Azizjon G‘aniyev hujumchimizni oldinga boshladi. U deyarli maydon markazidan to‘pni oldinga, Bobir Abduxoliqovga oshirib berdi. Bobir to‘pni egallab olib, darvozaga zarba yo‘lladi va gol – 1:2.

Hisobda jamoamiz oldinga o‘tib olgach, yana maydon egalari tashabbusga ega bo‘lishdi. Mezbonlarda 56-daqiqada yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ular jarima maydonchasi chizig‘ida jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Bunda himoyachi Maqsud Karimov raqib o‘yinchisiga nisbatan qoidani bo‘zgan edi. Fabio Limaning to‘g‘ri darvozaga tepgan to‘pi, to‘singa tegib qaytdi. 76-daqiqada ham xuddi shunday vaziyat takrorlandi.

Qolgan daqiqalarda uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Lekin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Shunday qilib, “Nasaf” OCHL guruh bosqichini g‘alaba bilan yakunladi. Bu g‘alaba, jamoamizning bu yilgi OCHL bahslaridagi, birinchi so‘nggi safardagi g‘alabasi sifatida qayd etiladigan bo‘ldi. Qo‘lga kiritilgan 10 ochko ham keyingi bosqichga chiqishga kamlik qildi. “Ajdarlar” bu yil, oldingi yillardagiga nisbatan OCHLda yaxshi ko‘rsatkichga erishdi.

So‘nggi turdagi ikkinchi juftlik "Presepolis" - "As Sadd" uchrashuvida eronliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondilar va ochkolar sonini 13 taga yetkazib guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Keyingi bosqichga yo‘l olgan keyingi jamoa - "As Sadd" 12 ochko to‘pladi.


OCHL-2018. “S” guruhi, 6-tur

“Al Vasl” (BAA) – “Nasaf” (O‘zbekiston) 1:2 (1:1)

16.04.2018. “Al Vasl” stadioni. 20:00

Gol: Fabio Lima, 33’-1:0 – Sharof Muhitdinov, 45+1’-1:1, Bobir Abduxoliqov, 48’-1:2

Al Vasl”: 12.YUsuf Abdulla, 2.Ali Alsiqitri, 4.Abdulla Jassim, 10.Fabio Lima (s), 15.Abdulla Al Naqbi (8.Entoni Kaseres, 52), 20.Fariz Xalil (44.Salim Juma Alazizi, 76) 22.Muhammad Hasan (17.Ronaldo Mendes, 72), 24.Hamad Al Bolushi, 48.Ali Alanssar, 78.Xalil Xamis, 99.Ali Solih.

Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (38.Akmal Mozgovoy, 83), 10.Bobir Abduxoliqov (21.Jahongir Aliyev, 71), 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev (5.G‘olib G‘aybullayev, 70), 20.Islom Kenjaboyev, 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov.
Ogohlantirish: Ali Alsiqitri (62) - Maqsud Karimov (56).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:22, 16.04.2018.
O'qildi: 7645 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.