Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

La liga. Ronaldu «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

La liga. Ronaldu «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Baho:
+ | -

Bilbaoning "Atletik" klubi ushbu mavsumda "Real"ga qarshi 2ta o‘yinda ham yutqazmadi. Basklar bu safar Madridda g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi, agar so‘nggi daqiqalarda Zidan jamoasi hisobni tenglashtirmaganida...

Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasida jamoalar bittadan qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. San-Xose yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbani Keylor Navas qaytargan holda, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ronaldu bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Inyaki Uilyams hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Chiroyli uzatmadan keyin hujumchi birga-bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi.

Keyin daqiqalarda asosiy planda "Atletik" posboni Kepa Arrisabalaga bo‘ldi. U raqibning bir nechta zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar ustunlikni mustahkamlashi mumkin edi. Oskar De Markos "Real" jarima maydonchasi ichida bergan zarbani Karvaxal qaytargan bo‘lsa, Raul Garsiyaning zarbasi to‘singa tegib qaytdi.

Madridliklar so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba berdi. Ronaldu esa darvozaga teskari turgan holda to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Natija Arrisabalaga zarbani qaytara olmadi — 1:1.

La liga jadvalida 4-o‘rinda borayotgan "Vvalensiya", kutilmaganda, o‘z maydonida "Xetafe"ga yutqazib qo‘ydi — 1:2. Natijada "Real" valensiyaliklar bilan oradagi farqni 3 ochkoga yetkazdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Atletiko" hamshaharlari bilan farqni 6 ochkoga yetkazish imkoniyatiga ega.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Espanyol – Eybar 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Lomban.
Espanyol – Lopes, Lopes, Lopes Silva, Ermoso, Karikol, Darder, Sanches, Sanches (Melendo, 67), Pyatti (Garsiya, 46), Moreno, Baptistao (Mark Navarro, 79).
Eybar – Dmitrovich, Kapa, Paulu Oliveyra, Lomban, Xose Anxel, Eskalante, Dani Garsiya (Diop, 85), Leon, Jordan, Ivan Alexo (Junka, 90), Penya (Kike, 80).
Ogohlantirishlar: Ermoso (33), Lopes (51), Sanches (56), Kapa (57), Diop (90).

Valensiya – Xetafe 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 16 Remi, 0:2 – 49 Remi, 1:2 – 69 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Montoyya, Garay, Murilyo, Gayya, Pereyra (Ferran Torres, 61), Parexo, Maksimovich (Soler, 61), Gonsalu Gedesh, Vyetto (Rodrigo, 61), Dzadza.
Xetafe – Guaita, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Kabrera, Portilyo (Mora, 76), Flamini, Fajr, Dyediu (Antunesh, 90), Molina, Remi (Alvaro, 62).
Ogohlantirishlar: Remi (62), Dakonam (70), Alvaro (70), Kabrera (74), Gayya (78), Molina (87), Suares (89), Antunesh (90).
Chetlatish: Parexo (86).

Real Madrid – Atletik 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 Inyaki Uilyams, 1:1 – 87 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Vaskes, Kroos, Modrich, Asensio (Isko, 69), Benzema (Beyl, 69), Ronaldu.
Atletik – Arrisabalaga, De Markos, Nunyes, Martines, Balensiaga, Iturraspe, San Xose, Inigo Lekue (Susayeta, 79), Raul Garsiya, Kordoba (Muniain, 70), Inyaki Uilyams (Aduris, 85).
Ogohlantirishlar: Inyaki Uilyams (39), Vaskes (45), Iturraspe (61), De Markos (84), San Xose (89), Karvaxal (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:58, 19.04.2018.
O'qildi: 8865 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик