Kirish Ro'yxatdan o'tish

Julio Sezar: “Mourinyo menga Kasilyasdan yaxshiroq ekanligimni aytgandi”

Julio Sezar: “Mourinyo menga Kasilyasdan yaxshiroq ekanligimni aytgandi”

Baho:
+ | -

Shu haftada faoliyatini yakunlagan braziliyalik posbon Julio Sezar Joze Mourinyo bilan bog‘liq voqeani yodga oldi. Ma’lumot uchun, u “Inter”da portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynagan. Darvozabon 2013 yilgi Konfederasiyalar kubogi finalida ispanlarga qarshi bo‘lgan o‘yindan keyingi voqeani xotirladi.

“Kiyim almashtirish xonasiga kelganimda Mourinyo SMS jo‘natganini ko‘rdim. O‘sha paytlarda “Real”da Kasilyas bilan munosabatlari yaxshi emasdi. Joze menga shunday deb yozgandi: “Sen ajoyibsan, u esa sening darajangga erishish uchun harakat qilishi kerak, ammo teskarisi bo‘lyapti”. Keyinchalik Joze menga mening bitta qo‘lim Kasilyasning ikkita qo‘lidan ham ko‘proq ish bajarashini aytgandi”, dedi Sezar.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 19:29, 19.04.2018.
O'qildi: 2912 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик