Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

"Paxtakor" FK va "So‘nmas yulduzlar" xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘rtasida memorandum imzolandi

"Paxtakor" FK va "So‘nmas yulduzlar" xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futbol klubi Prezidenti Bobur Shodiyev va "So‘nmas yulduzlar" xalqaro xayriya jamg‘armasi Prezidenti Yuriy Bosionov kelishuvga imzo chekishdi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga Andrey Kanchelskisning tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Ushbu tashrif doirasida u vise-prezident sifatida faoliyat olib borayotgan jamg‘arma "Paxtakor" futbol klubi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Unga klubimiz Prezidenti Bobur Shodiyev va turli halokatlarda hayotdan ko‘z yumgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi "So‘nmas yulduzlar" xayriya jamg‘armasi prezidenti Yuriy Bosionov imzo chekishdi.

Unga ko‘ra, kelajakda ushbu jamg‘arma ko‘magida "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvlari tashkil etiladi. "Paxtakor" futbol klubi jamoa va o‘zbek futboli rivojlanishi yo‘lida xizmat qilgan barcha insonlar mehnatini munosib qadrlaydi, ularni hurmat qiladi va yodga oladi. Xayriya uchrashuvlari katta ijtimoiy loyiha ekanini doimo anglaydi.
Xayriya o‘yinlari o‘tkazish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodda "Paxtakor"ning sobiq a’zolariga nisbatan g‘urur hissini uyg‘otish, ularni klub tarixidan xabardor etish maqsadlari ham ko‘zlangan.

Ushbu jamg‘arma turli halokatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan sportchilar oilalariga moddiy ko‘maklashish, turli mamlakatlarda ommaviy futbolni rivojlantirishga yordam berish, futbol akademiyalari ochish bilan shug‘ullanadi. Rossiyada yaqinda Andrey Kanchelskis akademiyasi ishga tushirildi. Bunday akademiyani O‘zbekistonda ham ochish mo‘ljallanmoqda.

Ushbu hamkorlik natijasida "Paxtakor"ning 1979 yildagi aviahalokatiga bag‘ishlab, joriy yil O‘zbekistonning turli shaharlarida turnir o‘tkazish mo‘ljallangan. Unda jahonga mashhur klublarning 23 yoshgacha va faxriy tarkiblari ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda. Turnirda ishtirok etishga rozilik bildirgan jamoalar nomi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:18, 20.04.2018.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик