Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Superliga. «Navbahor» «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Navbahor» «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” bahsi yakuniga yetdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan bilan yakunlandi. 

Dastlab, 13-daqiqada “Bunyodkor” himoyachisi Rustam Ashurmatov burchak to‘pidan uzatilgan to‘pni boshi bilan “Navbahor” darvozasiga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalari hujumkor o‘tdi, lekin jamoalar gol urish uddasidan chiqmadi. Ikkinchi bo‘lim kutilganidan ham hujumkor ruhda boshlandi. Natijada, 58-daqiqaga kelib, mezbonlar hisobni tenglashtirdi.

Gol muallifi “Navbahor”ning serbiyalik legioneri Nenad Inas bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan 4 daqiqa davomida “Navbahor” hujumlari sonini tobora oshirib bordi.

So‘nggi soniyalar o‘tib borayotgan bir vaqtda, jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni mezbonlar himoyachisi Jahongir Mehmonov darvozaga yo‘llab, “Navbahor”ni oldinga olib chiqdi va shu tariqa, namanganliklar sensasiya qayd etib, “Bunyodkor” ustidan irodali g‘alabaga erishishdi.

Ma’lumot uchun, “Navbahor” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 11 taga yetkazdi va 5-o‘ringa ko‘tarildi, “Bunyodkor” esa 16 ochko bilan hamon turnir peshqadami bo‘lib turibdi.

Superliga. 7-tur.

“Navbahor” – “Bunyodkor” 2:1. (0:1).

Gollar: Nenad Inyas (58), Jahongir Mehmonov  – Rustam Ashurmatov (13).

“Navbahor”: Botirali Ergashev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘’monov (Sardor Sulaymonov, 58), Azizbek Turg‘unboyev, Nenad Inyas (Behruz Sa’dilloyev, 90), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Zohir Pirimov, 46), Darko Stanoyevich.

“Bunyodkor”: Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov (Islom Qobilov, 42), Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 79), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 64), Murodjon Toshmatov, Xurshid G‘iyosov, Mirg‘iyos Sulaymonov.

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 33, Oston O‘runov 48, Nenad Inyas 58, Mirg‘iyos Sulaymonov 70, Jahongir Mehmonov 80.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:04, 20.04.2018.
O'qildi: 7162 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик