Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Mourinyo: «Venger bilan o‘yinda raqib bo‘lganman, hayotda esa...»

Mourinyo: «Venger bilan o‘yinda raqib bo‘lganman, hayotda esa...»

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Arsenal” murabbiyi  Arsen Vengerni iste’foga chiqish qarori haqida o‘z fikrini  bildirib o‘tdi.

"Agar u baxtli bo‘lsa, unda men ham baxtliman. Agar u xafa bo‘lsa demak men ham shu holatga tushaman. Unga har doim omad tilayman. Venger bu qaroridan mamnun bo‘lsa, demak bekorga bu qarorni chiqarmagan.

Arsenni kelajagi haqida qayg‘urmasa ham bo‘laveradi. Chunki, bunday iste’dodlarga har doim ish topilaveradi.

U bilan kelishmovchiliklardan afsusdamisiz? Afsus chekishdan foyda yo‘q. Bu savolingizni futbolni umuman tushunmaydigan insonga bersangiz javob berardi. Masalan, futbolchilar o‘yin davomida bir – birlarini jarohatlashadi, o‘rtalarida nizo chiqadi.

Lekin baribir ertasiga ular yana do‘st bo‘lib qolaverishadi. Biz murabbiylar o‘rtasida ham shunday. Men Venger bilan o‘yinda raqib bo‘lganman xayyotda esa uni juda xurmat qilaman”, - deydi Mourinyo.  

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 21:10, 20.04.2018.
O'qildi: 4175 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.