Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Mirjalol Qosimov: “Namanganda hech bir jamoaga oson bo‘lmagan”

Mirjalol Qosimov: “Namanganda hech bir jamoaga oson bo‘lmagan”

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg‘ochlar” vakillari ishtirok etishdi.

- Uchrashuv chiroyli va shiddatli o‘tdi. “Navbahor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Avval ham aytganman, hozir ham aytaman – Namanganda har qanday jamoa oson o‘yin o‘tkazmagan. Xatto Braziliya terma jamoasi “Navbahor” mehmoni bo‘lsa ham ularga oson bo‘lmaydi. Mavsumdagi birinchi mag‘lubiyat. Juda alamli mag‘lubiyat. Hayot davom etadi. Bu kabi mag‘lubiyatlar bizni yanada kuchliroq qiladi, deb o‘ylayman. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimdan minnatdorman.

Yechinish xonasiga kirib, har bir shogirdimni qo‘lini siqib, ularga rahmat dedim. Rostdan ham, yomon o‘ynamadik. “Navbahor”ning g‘alaba qozonganining asosiy omili sifatida ularning 12-o‘yinchilari, ya’ni muxlislarini aytgan bo‘lardim. Bunday bosim ostida o‘ynagan har bir jamoa qiynaladi. Nima bo‘lganda ham hakam xushtagin chalinmaguncha o‘yinni bo‘shashtirish kerak emas, - deydi Mirjalol Qo‘shoqovich.

- “Navbahor”ga qarshi safar o‘yini og‘ir o‘tishini bilardim. Shunga mos ravishda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yinni yomon o‘tkazmadik. Afsuski, alamli mag‘lubiyatga uchradik. Keyingi uchrashuvlarni o‘ylagan holda tayyorgarligimizni kuchaytirishimiz kerak, - deydi “Bunyodkor” safida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan Sardor Sobirxo‘jayev.

Manba: bunyodkor.com
Kiritildi: 21:59, 20.04.2018.
O'qildi: 6454 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.