Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gaspar: “Barselona”ning “oltin dubl” qayd etishini, “Real”ning esa Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘lishini istayman”

Gaspar: “Barselona”ning “oltin dubl” qayd etishini, “Real”ning esa Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘lishini istayman”

Baho:
+ | -

“Barselona”ning sobiq prezidenti Joan Gaspar Kataloniya klubining La Liga va Ispaniya kubogida zafar quchishini, “Real”ning esa YECHLda mag‘lubiyatga uchrashini istamoqda.

“Menimcha, ayni damda “Barselona” uchun eng muhimi — La Liga chempionligi. Men klubning “oltin dubl” qayd etishini, “Real”ning esa Chempionlar ligasida mag‘lubiyatga uchrashini istayman.

Umid qilamanki, “Bavariya” yarim finalda vazifasini uddalay oladi. Agar nemis klubi buni eplay olmasa, ishonamanki, “Real”ni Chempionlar ligasining finalchisi mag‘lub etadi.

Chorak final o‘yinlari men uchun og‘ir kechdi. Dastlab “Barselona”ning mag‘lubiyati, keyin esa “Real”ning g‘alabasi meni ranjitdi. “Yuventus”ga muxlislik qilgandim, ammo hammasi barbod bo‘ldi”, dedi Gaspar.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 19:04, 21.04.2018.
O'qildi: 6564 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик