Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Superliga. AGMK - “Nasaf”. Prevyu

Superliga. AGMK - “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 8-tur uchrashuvini ham "Nasaf" safarda o‘tkazadi. Bu safar “ajdarlar” Olmaliqda AGMK jamoasi bilan kuch sinashadi.

Uchrashuv OKMK sport majmuasida 26 aprel payshanba kuni bo‘lib o‘tadi va soat 18:30da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018, 8-tur

AGMK – “NASAF”

26.04.2018. OKMK SM. 18:30da

 

Bosh hakam: Timur To‘xtasinov (Andijon)

Qanot hakamlari: Anvarjon Marajabov (Andijon), Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)

Zaxira hakami: Shavkat Nasibullayev (Namangan)

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Aleksey Frolov.

 

Bo‘lajak uchrashuv haqida

Bo‘lajak, AGMK - “Nasaf” uchrashuvi shubhasiz futbol ishqibozlarida ham, futbol mutaxasislarida ham katta qiziqish o‘yg‘otishi turgan gap. Bunga sabablardan AGMK jamoasi o‘tgan 7-turda “Buxoro”dan mag‘lub bo‘ldi. “Nasaf” esa safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan durang o‘ynadi. Bu safar ikki jamoaga ham g‘alaba zarur. Bu hol uchrashuvni shiddatli bo‘lishini ta’minlaydi.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va AGMK (Olmaliq) jamoalari, ilk bor oliy ligada 2008 yilgi mavsumda kuch sinashgan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o‘z nomlarini – “Olmaliq”ga almashtirishgan. Bu yildan esa AGMK nomi bilan Superligada ishtirok etishmoqda. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro ilk uchrashuv Qarshida bo‘lgan. Bunda kichik 1:0 hisobida "Nasaf" g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

Oxirgi o‘zaro uchrashuvdagi gol muallifi esa Bobir Abduxoliqov bo‘lib turibdi.

Shu paytgacha mazkur jamoalar o‘zaro 20 marta kuch sinashgan. Shundan 2ta bahsda “konchilar” g‘alabaga erishgan bo‘lsa, “ajdarlar” 12ta uchrashuvda zafar quchishgan. Yana 6ta o‘yinda o‘zaro durang natija qayd etilgan. O‘zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 51ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati quyidagicha ko‘rinish olgan – 17:34. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.

“Nasaf” raqibini eng yirik 4:0 va 4:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan. Olmaliqlarning bu ko‘rsatkichi 2:0ni tashkil qilmoqda.

Olmaliqdagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Olmaliqda bo‘lib o‘tgan o‘zaro 10ta uchrashuvning 2tasida “konchilar” zafar quchishgan. 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘rt uchrashuvda esa “Nasaf” g‘alaba qozongan. Bu uchrashuvlarda darvozalarga jami 19ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha 8:11 ustunlik “Nasaf” tomonida. O‘tgan yili Olmaliqda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Olmaliqdagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

08.11.2013. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:2

22.06.2014. “Olmaliq” - “Nasaf” 1:3

23.03.2015. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:0

11.03.2016. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:3

07.04.2017. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:0

 

AGMKdagi diskvalifikasiya

“Nasaf”ga qarshi uchrashuvda AGMK jamoasi yarim himoyachisi G‘ulom Haydar G‘ulomov o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu futbolchi “Buxoro” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 72-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Futbolchi diskvalifikasiya tufayli bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

 

Jamoalar to‘purarlari

AGMK jamoasi futbolchilari bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasini jami 9 marta ishg‘ol qilishgan. Shulardan 4tasi jamoa yarim himoyachisi Yovan Jokichga tegishli. Eng qiziqarlisi Jokich barcha gollarni 11 metrlik jarimadan kiritgan. “Nasaf” hozircha raqiblari darvozasini 8 marta ishg‘ol qilgan. Uch nafar futbolchi hisobida 2tadan gol bor. Bular Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduxoliqov va Slavko Lukichlar.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 25 aprel chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 15:40, 23.04.2018.
O'qildi: 2911 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.