Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Buxoro» stadionida muxlislarga qo‘shimcha qulayliklar yaratildi (foto)

«Buxoro» stadionida muxlislarga qo‘shimcha qulayliklar yaratildi (foto)

Baho:
+ | -

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha O‘FA va PFL rahbariyati tomonidan klublarga qat’iy topshiriq berilgan bo‘lib, Superliga jamoalari bu topshiriqlarni bajarish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, “Buxoro” stadionida ham muxlislar uchun bir qator yangiliklar yo‘lga qo‘yildi. Kecha Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvini tomosha qilish uchun kelgan muxlislar stadionda yaratilgan qo‘shimcha qulayliklarni ko‘rib, ancha quvonishdi.

Stadionda klub liboslari, atributikalari savdosini amalga oshiradigan do‘kon ish boshladi, jajji bolakaylar uchun turli attraksionlar o‘rnatildi, uchrashuv boshlanishidan avval muxlislar o‘rtasida turli sovrinli o‘yinlar o‘tkazildi.

Shuningdek, “Buxoro” – “Qizilqum” o‘yinining birinchi bo‘limi yakuniga yetganidan keyin imkoniyati cheklangan muxlislar va jajji bolakaylarga futbolchilar imzosi tushirilgan to‘plar taqdim qilindi.

O‘yindan so‘ng esa tribunalarda o‘tirgan muxlislarga ham futbolchilar tomonidan to‘plar sovg‘a qilindi.

Bu kabi chora-tadbirlar Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelayotgan muxlislar oqimini yanada oshirishi shubhasiz.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:42, 25.04.2018.
O'qildi: 4906 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик