Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Toshkentning kichik derbisi 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi

Toshkentning kichik derbisi 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turida Toshkentning ikki klubi — “Lokomotiv” va “Paxtakor” o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur uchrashuv 29 aprel - yakshanba kuniga tayin qilingan.

Bunda PFL markaziy o‘yinning dam olish kuniga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratgan. Bu o‘z navbatida muxlislar tashrifiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi turgan gap. Shuningdek, “Sport” kanalini ham aynan shu uchrashuv sabab dam olishi kuni nisbatan kattaroq auditoriya tomosha qilishi katta ehtimol.

Qoidaga ko‘ra, “Lokomotiv” va “Paxtakor”ning yoshlar jamoalari bir kun avval — 28 aprel kuni o‘zaro maydonga tushishi kerak edi. 28 aprel kuni, shuningdek, “Lokomotiv-BFK” klubi Pro-liganing 5-turi doirasida “Labsa”ni qabul qiladi.

“Lokomotiv” yoshlar jamoasi hamda “Lokomotiv-BFK” futbol klublari TTMIga qarashli stadionda o‘z o‘yinlarini o‘tkazib keladi. Shundan kelib chiqib, “Lokomotiv” klubi mazkur bellashuvlardan birini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab, PFLga murojaat qildi.

PFL Superliga hamda Pro-liga o‘yinlarini juda jiddiy sabab bo‘lmasa, boshqa sanaga ko‘chirmaydi. Qolaversa, Buxoroning “Labsa” klubi rejalarini ham hurmat qilish lozim. Shundan kelib chiqib, PFL “Lokomotiv” taklifiga ko‘ra, Yoshlar ligasi o‘yinini bir kun oldinga — 27 aprelga surdi. Bunga “Paxtakor” rahbariyati ham o‘z roziligini bildirdi. Har ikki klub bitta shahar sharafini himoya qilishidan kelib chiqilsa, bu borada muammo yuzaga kelmaydi degan qarorga kelindi.

Demak, 27 aprel kuni soat 16:00 da “Lokomotiv” va “Paxtakor” yoshlari o‘rtasida derbi bo‘lib o‘tadi. 28 aprel kuni esa “Lokomotiv-BFK” aynan TTMI stadionida “Labsa”ni qabul qiladi. 29 aprel kuni “Lokomotiv” stadionida Toshkent derbisi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:20, 25.04.2018.
O'qildi: 2406 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.