Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Shukurali Po‘latov: «Neftchi»ning omadsizliklari – vaqtinchalik holat»

Shukurali Po‘latov: «Neftchi»ning omadsizliklari – vaqtinchalik holat»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Superliga bahslarini omadsiz o‘tkazayotgan «Neftchi» O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichiga chiqdi. Farg‘onalik futbolchilar 1|16 final bosqichini G‘uzorda Pro-liga vakili hisoblangan «Sho‘rtan» jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchishdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida Avazbek O‘lmasaliyev va Murod Bobojonov tomonidan urilgan ikki gol «Neftchi»ning keyingi raundga chiqishini ta’minladi. Lekin vodiyliklarning chempionatdagi ishlari yurishmayapti.

«Neftchi» ortda qolgan o‘yinlarda ikki ochko jamg‘arib, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. Biz «Neftchi» sardori Shukurali Po‘latovdan intervyu oldik.

- Shukurali, «Neftchi» mamlakat kubogining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi. G‘uzordagi o‘yinda ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonding­lar. «Sho‘rtan» sizlarga munosib qarshilik ko‘rsata olmadimi yoki «Neftchi» o‘sha kuni raqibiga nisbatan kuchliroq edimi?

- «Sho‘rtan»ga qarshi o‘yin biz uchun ancha qiyin va murakkab kechdi. Mezbonlar qarshi hujum taktikasi asosida harakat qilishdi va bu holat bizga yetarlicha tashvish tug‘dirdi. Murabbiylarimiz bizdan talab qilgan o‘yinni ko‘rsata olganimiz uchun ham g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman. Shu kuni jamoamizning barcha chizig‘i yaxshi o‘ynadi.

- Klub rahbariyati «Neftchi» oldiga kubok bahslarida ham aniq maqsad qo‘yganmi?

- O‘zbekiston kubogida ham imkon qadar uzoqroqqa yetib borishimiz kerak. Umuman olganda, biz har bir uchrashuvda maydonga g‘alaba ilinjida tushamiz.

Muxlislarimizni xushnud etishga astoydil intilyapmiz. Lekin qayerdadir omad kelmayapti, ba’zi o‘yinlarda raqib kuchlilik qilmoqda. O‘ylaymanki, jamoamiz turdan-turga shakllanib boryapti.

- Jamoa Superligada omadsiz ishtirok etyapti. Buning sabablari nimada? «Neftchi» muxlislari buni vaqtinchalik holat sifatida qabul qilsalar bo‘ladimi?

- Albatta, vaqtinchalik holat. Jamoamiz omadsizlikdan chiqib ketish uchun harakat qilyapti. Futbolchilar mashg‘ulotlarda katta ishtiyoq bilan ishlashmoqda. Ishonamanki, «Neftchi»ning ijobiy natija bilan yakunlanadigan o‘yinlari hali oldinda.

- Menimcha, tarkib yomon emas. Nima yetishmayapti, deb o‘ylaysiz?

- Jamoa mavsum boshlanishiga juda oz vaqt qolganda to‘plandi. Fikrimcha, omadsiz ishtirokka asosiy sabab shu holat bo‘lsa kerak. Chunki murabbiylar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘zlari xohlagandek o‘tkaza olishmadi, seleksiya ishlarini amalga oshirisholmadi.

- Jamoangiz chempionat doirasidagi hozircha so‘nggisi bo‘lib turgan o‘z maydonidagi uchrashuvda «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi. «Neftchi» o‘sha o‘yinda mag‘lubiyatga loyiqmidi?

- Bu uchrashuvni bevosita stadiondan va televizordan tomosha qilganlar shunga guvoh bo‘lishdiki, «Neftchi» shu kuni mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Biz hujumkor va mazmunli futbol namoyish etgandik.

Lekin yakuniy zarbalarni berishda xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Bu - futbol, unda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.

- O‘tgan mavsum «Qizilqum» jamoasida to‘p surdingiz. Bu yil esa «Neftchi» sharafini himoya qilyapsiz. Navoiydan ketishingizga yetarlicha sabablar bormidi?

- Ha, buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Lekin buni hozir oshkor qilmoqchi emasman. Shuni aniq bilamanki, «Qizilqum» yaxshi jamoa. O‘sha payt klubdan ketishim kerak edi va o‘ylashimcha, to‘g‘ri qarorga keldim.

- «Qizilqum»dagi maoshlaringizning hammasini oldingizmi? Klub sizdan qarz bo‘lib qolmadimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:34, 27.04.2018.
O'qildi: 2799 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.