Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Inyesta JCH-2010ni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lganini bilasizmi?

Inyesta JCH-2010ni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

2009 yilning may oyida Inesta Chempionlar ligasining oltin medalini o‘pdi va keyingi yozda Janubiy Afrika resbuplikasida o‘tgan Jahon kubogini quchdi.

Lekin ikkita sehrli voqeani ikkiga ajratib yuborgan yil ertakdek o‘tmagan edi. Andres haqiqiy dahshatni boshdan kechirdi.

***

"Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida ikki hafta qolganida "Barselona" muxlislari asabiylashishlariga to‘g‘ri keldm: Inyesta son jarohati tufayli o‘ynamasligi e’lon qildi. Hammadan ko‘ra ko‘proq Pep Gvardiola xavotir oldi. "Bunday yetakchini yo‘qotish dahshatning o‘zginasi", - deydi u. Ma’lum bo‘lishicha, jarohat juda jiddiy bo‘lib chiqmadi.

Natijada, Inyesta 90 daqiqa o‘ynadi va "Barsa" Fergyuson jamoasi ustidan ishonchli g‘alaba qozondilar - 2: 0. Lekin ertasi kuni Andresning kayfiyati pastga quladi. Faqat sog‘ligi emas, uning ruhiy holati ham og‘irlashgan edi: "Bir kunda o‘zimni yomon his qila boshladim. Ertasi kuni yana va keyingi kun yana. Tekshiruvlarda noaniqliklar kuzatilmadi, hamma narsa normal edi. Ammo tanam va ongim ikkita qarama-qarshi yo‘nalishni tanlaganidek, bir-biriga qarshi edi.

AQSHdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Inyesta birinchi mashg‘ulotga ham dosh bera olmadi. Keyingi ikki hafta u jismoniy terapevt ko‘magida o‘tkazdi. Ahvoli endi yaxshi bo‘lib borayotgan vaqtda jamoa sardori Karles Puyol dahshatli xabarni aytdi: Inyestaning yaqin do‘sti va "Espanyol" sardori Dani Xarke yurak xurujidan vafot etibdi. "Men muzlab qoldim. Men tushunolmay qoldim. Men nima qilish kerakligini, nimani o‘ylashni bilmasdim. Nima sodir bo‘lganiga men ishonolmadim. Dani, do‘stim Dani, o‘lik. Qanday qilib? Nima uchun? Bunday bo‘lishi mumkin emas ... " - deya Andres o‘sha vaqtdagi his-tuyg‘ularini eslaydi.

Inesta o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Boshida g‘alati fikrlarni chaqnadi, u bo‘shliqqa yuz tutib, ichki muruvvat bilan ish rejimini to‘xtatdi. Hammasini tabiiy sirliligi bilan murakkablashtirdi: uzoq vaqt hech kim Andresning ahvoli haqida bilmadi. U ahvoli haqida na oilasiga, na jamoaga aytdi, lekin nihoyat chuqur ruhiy tushkunlikka tushayotganini anglab, shifokorga murojaat qildi.

"Men o‘zimni erkin tanazzulga uchrayotganimni sezdim, atrofim qora rangga kirayotganday his qildim. Men shifokor qidirishga tushdim, bunga boshqa chidab bo‘lmas edi. Buni qanday nomlashni ham bilmasdim, bu depressiya emas, kasallik ham emas, bezovtalik hissi desa bo‘ladi. Nimadir o‘xshamayotgandek tuyulardi.

O‘sha mavsumda Inyesta o‘zi uchun juda ko‘p sonli muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va hatto jahon kubogini o‘tkazib yuborish haqida o‘ylardi. Yaxshiyamki, eng qiyin davrda u tanish futbolchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Pep Gvardiola uning shubhasiz o‘ziga qaytishini va qancha vaqt kerak bo‘lsa - shuncha kutishini aytdi. "Barsa" shifokorlari rahbari Rikard Pruna - tezda ishonchli psixologlarni topdi.

"Ota-onam, xotinim Anna va hamma... Ularsiz sog‘aymagan bo‘lar edmi. Ulardan qarzdorman", - deydi Inyesta

***

Inyesta o‘tkazib yubormoqchi bo‘lgan bu jahon chempionati uning uchun kerakli bo‘lib chiqdi. Gollandlarga qarshi final o‘yinida g‘alaba to‘pini kiritib, futbolkasini ko‘tardi va oq maykasidagi "Dani Xarki har doim biz bilan".

Inyestaning bu ishi qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi ko‘rinishi edi va Xrkening bevasi Jessikani to‘lqinlantirib yubordi. Uning aytishicha, erining o‘limidan so‘ng, onasi va qizi bilan birga futbolni birinchi marta tomosha qilgan. Butun oila yig‘lagan edi.

Jessiaa, uning oilasi va butun Ispaniya uchun muhim bo‘lgan gol haqida Inyestaning o‘zi shunday dedi:

"Bu juda murakkab davr edi, men uni yaqinlarim va futbol tufayli ortda qoldirdim. Bu holat menga bir narsani o‘rgatdi: taslim bo‘lish juda oson. Hamma narsani o‘zgartirishga harakat qilish - juda ham to‘g‘ri yo‘l".

Manba: sports.ru
Kiritildi: 13:41, 28.04.2018.
O'qildi: 9985 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.