Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Oldingizdan oqqan suvning qadri yo‘qmi?

Oldingizdan oqqan suvning qadri yo‘qmi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Akmalxon Eshonxonov, “Qalampir.uz” internet nashri jurnalisti

Saytimiz orqali e’lon qilinayotgan xabarlar, maqolalar yuzasidan jamoamizda juda ko‘p bahslashamiz. Ba’zan bir maqolani yozish ustida kunlab, haftalab ishlaymiz.
 
Kecha ham oddiy ish kuni edi. Namangan viloyati hokimi Fransiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib, g‘olib bo‘lib qaytgan Shukurbek Rahimovni taqdirlagani, tadbir o‘tkazib, undan faxrlanib, yaqinlariga minnatdorlik bildirgani haqidagi xabarni o‘quvchilarga ulashdik.

Oradan bir necha daqiqa o‘tmay, xonaga rahbarimiz kirib keldi. Shukurbek Rahimov haqidagi xabarni o‘qidiyu bundan bir necha yil avval ayni damda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritayotgan shoir Minhojiddin Mirzoning aytganlarini gapirib berdi. 

“Ko‘cha-ko‘yda turli reklama bannerlariga ko‘zimiz tushadi. Ular orasida yil nomlari, shiorlar yozilgan, yoshlar surati joylashtirilganlari ham bor. Ko‘pincha shiorlar, yil nomlari o‘zgarsa ham reklamalarda ishlatiladigan yoshlarning suratlari o‘zgarmaydi. Axir iqtidorli, iste’dodli yoshlarimiz kammi? Aytaylik, biror mahallada katta yutuqqa erishgan, tengdoshlaridan qaysidir hislati bilan ajralib turgan faol yoshlarimizning suratlaridan o‘zi yashaydigan tumanlardagi reklamalarda foydalanilsa, bu boshqa yoshlarni ham ortidan ergashtirishga xizmat qilardi. O‘sha mahalladagilar haligi bolaning suratini tuman markazida ko‘rsa, albatta, uyiga borib, farzandiga aytadi, o‘rnak qilib ko‘rsatadi. Qarabsizki, yana boshqa oilada shunday iqtidor egasi kamol topadi. Haqiqiy raqobat yuzaga keladi”, degan ekan Minhojiddin Mirzo.

Shunda o‘ylab qoldim, haqiqatan ham, katta davralardagi muvaffaqiyat, kichik e’tiroflardan boshlanadi. Biz oz bo‘lsa-da mamlakat nomini dunyoga tanitishga o‘z hissasini qo‘shayotgan, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport olamida biror yutuqqa erishib, qalbi g‘urur va iftixorga to‘lib qaytayotgan yoshlarimizga qanchalik to‘g‘ri hurmat va ehtirom ko‘rsatyapmiz? Hurmat deganda, faqat moddiy rag‘batni tushunish noo‘rin. Aslida bir enlik qog‘ozga “Mahalla faxri” deb yozib, mahalladoshlar qarshisida qo‘liga tutqazish, ota-onasiga tashakkur aytishning o‘zi eng katta sovg‘a. Bu yillarga ta’tiydi. Uni sotib bo‘lmaydi, unutib ham.
 
Shukurbek Rahimov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namanganda ham hurmat va ehtirom bilan kutib olindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bokschini tabriklab, unga televizor va maxsus diplom topshirdi.

Har holda mehnati butun viloyat axliga ovoza qilindi. Bu yosh sportchi uchun katta turtki, endi u mahalladoshlari, tumanidagilarning ishonchini ham oqlashi kerak.
 
Lekin masalaning asosiy tomoni bu emas: chunki Fransiyaga Shukurbek Rahimov qatori yana yetti nafar bokschi ham borgan edi. Ular orasida faqat Shukurbek Rahimov viloyatida munosib kutib olindi, xalqqa yaqinroq tanishtirildi. “Namangandan chiqqan-da, bu bola” deb maqtab ham qo‘yildi.
 
Bilasizmi, qolgan bokschilarning natijalari ham Rahimovnikidan kam emasdi. Ular namanganlik bokschi singari Fransiyadan oltin medal bilan qaytdi. Faqat Madiyor Saidrahimov kumush, Ulug‘bek Mubinov bronza medalga loyiq ko‘rildi. Qolgan besh nafar bokschi – Abdulhay Shorahmatov, Aliyor Noraliyev, Fazliddin Meliboyev, Odiljon Aslonov, Sardor Yormuhammedov o‘z vazn toifasida mutlaq g‘olib chiqqan va buning uchun ularga umuman begona bo‘lgan fransiyaliklar tomonidan oltin medal berilgan.
 
Biz aytayotgan “A” toifadagi Xalqaro musobaqa 15 aprel kuni yakuniga yetgan va 8 nafar o‘zbek bokschilari 18 aprel kuni ortga qaytdi.
 
Mana, oradan bir hafta o‘tibdiki, hozircha Namangan hokimi Xayrulla Bozorov sportchilarni taqdirlash borasida jonbozlik ko‘rsatdi. Biroq qolgan shahar va tuman hokimlari qurilish, buzish ishlaridan bosh ko‘targanicha yo‘q. Ularga shundan ko‘proq foyda bo‘lsa kerak. Mahalla raislari-ku mahallasidan shunday sportchi chiqib, mukofotlanib qaytganini bilmasa ham kerak... Yoshlar ittifoqi-chi?
 
Bilmaganlarga bildirib qo‘yishni lozim topdik:
 
Oltin medal sohiblari – Abdulhay Shorahmatov Toshkent shahri Olmazor tumani, Aliyor Noraliyev Toshkent viloyati Chirchiq tumani, Fazliddin Meliboyev Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumani, Odiljon Aslonov Buxoro shahri, Sardor Yormuhamedov Buxoro shahridan. Kumush medal sohibi Ulug‘bek Mubinov Buxoro shahridan, bronza medali sohibi Madiyor Saidrahimov esa Toshkent viloyatidan. Hokimlar, mahalla raislarimiz topib borishlari oson bo‘lsin deb, uy manzillari va telefon raqamlarini ham yozib qo‘yish ko‘nglimizdan o‘tdi-yu yigitlarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatishni lozim topmadik. 
 
Bu yigitlar 6222 kilometr yo‘l bosib, Fransiyaga hordiq chiqargani bormadi. Ular endigina 18-19 yoshda. Maqtovga o‘ch, rag‘batdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tariladigan va boshqalarni ham ortidan ergashtira oladigan yoshda. Vatanga muhabbati yanada ortadigan davri ularning. Biz bunga sharoit yaratyapmizmi?
 
Borib-borib masala bir savolga taqaladi: biz yana qancha iste’dodli o‘g‘il va qizlarimizga e’tibor bermaslikda davom etamiz? Ko‘rib o‘zimizni ko‘rmaslikka olishning davomi bormi? Qachon yon-atrofimizda ulg‘ayayotgan istidorlarni payqaymiz, qadrli hokimlar?!
 
Falonchini uylantirib qo‘ydik, pistonchiga uy qurib berdik, deb ko‘krak kerasiz! Lekin yurt sha’nini himoya qilib qaytayotgan sportchingizni mahallasida e’zozlab kutib olishni bilmaysiz, o‘rganmaysiz! Ikkita karnay, bitta nog‘ora osmonning pulimi?
 
Bu orada Toshkent shahrini boshqarib kelayotgan hokim Rahmonbek Usmonov yangi lavozimda ish boshladi. Uning o‘rnini Jahongir Ortiqxo‘jayev egalladi. Balki Rahmonbek Usmonov va tuman hokimlari ko‘rsatmagan tashabbusni Jahongir Ortiqxo‘jayev ko‘rsatar...

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 14:02, 28.04.2018.
O'qildi: 4519 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.