Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax O‘zbekistonga yetib keldi

Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax O‘zbekistonga yetib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo Olimpiya Kengashi o‘rtasida yaqin do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Milliy olimpiya qo‘mitasi bugungi kunda ushbu do‘stlik aloqalarni kengaytirish, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda, MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra bugun, 28 aprel kuni Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo‘mitalari Assosiasiyasi Prezidenti Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax boshchiligidagi delegasiya yurtimizga yetib keldi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar kutib olishdi.

«Qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarimizda siz bilan olib borayotgan hamkorlikning ahamiyati katta. Siz amalga oshirayotgan ishlar qanchalik qiyin, murakkab, mashaqqatli ekanligini juda yaxshi bilamiz. O‘zbekiston sport oilasi va xalqimiz buni juda qadrlaydi. Chunki, bu oson ish emas», – dedi Shoakram Isroilov martabali mehmonni qarshilar ekan.

O‘z navbatida Shayh Ahmad al-Fahad al-Sabax yurtimizga tashrif buyurganidan xursand ekanligini qayd etdi.

«Eng avvalo, hamkorlik uchun sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Yurtingiz ajoyib. Osiyo mamlakatlarining hamkorligi, birdamligi jahon miqyosida albatta o‘z samarasini beradi. Siz Jakartadagi Osiyo o‘yinlariga ham huddi shunday yuqori kayfiyatda borishingiz lozim. Hukumat va sportning, aniqroq aytadigan bo‘lsak, vazirlik va MOQning hamkorlikda ishlashi juda yaxshi. Bu borada tushunmoqchiliklar bo‘lmasligi kerak. Sizlarda juda yaxshi boshqaruvchi bor – dedi al-Sabax.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Osiyo Olimpiya Kengashi sha’feligi ostida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda ishtirok etib keladi. Yozgi va qishki Osiyo o‘yinlari, o‘smirlar Osiyo o‘yinlari, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari, Osiyo sohilbo‘yi o‘yinlari shular jumlasidandir.

Osiyo Olimpiya Kengashi delegasiyasining poytaxtimizga tashrifi davomida tomonlar rasmiy uchrashuv o‘tkazish bilan bir qatorda, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, sportchilarimizning Jakartadagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni, mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatiga oid boshqa masalalarni ham muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.

Toshkentga uyushtirgan safari davomida Shayx Ahmad al Sabaxga Osiyo Olimpiya Kengashi a’zosi, “Osiyo o‘yinlari-2018” direktori Haydar Farmon hamrohlik qilmoqda.

Birozdan so‘ng, martabali mehmonlar Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyuradi va bu yerda Qo‘mita Prezidenti, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shokrom Isroilov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:10, 28.04.2018.
O'qildi: 2503 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.