Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

La liga. «Real» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

La liga. «Real» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 35-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Leganes"ni qabul qildi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Zidan shogirdlari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Benzemaning uzatmasidan so‘ng Garet Beyl chalqancha uslubda darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng mezbonlar ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lsalar, bir vaziyatda omad aynan "Qirollik klubi" tomonida bo‘ldi. Amrabat 16 metrlardan yo‘llagan zarba natijasida to‘p to‘singa tegdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida esa Mayoral o‘z imkoniyatidan foydalanib, hisobni 2:0ga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kazemironing zarbasini raqib darvozaboni chiziq ustida bir amallab qaytarib qolmaganida o‘yin taqdiri hal bo‘lardi. Bo‘lim o‘rtalarida esa Amrabat o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Brashanas darvozaga joylab qo‘ydi — 2:1.

Shundan keyin "Leganes" ko‘proq hujum uyushtirdi. "Real" posboni Kiko Kasilya bir necha marta o‘z darvozasini goldan saqlab qoldi.

Mazkur g‘alabadan keyin "Real" o‘z ochkolarini 71taga yetkazib oldi va jamoa "Atletiko"dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 35-tur
"REAL MADRID" - "LEGANES" 2:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 8 Beyl, 2:0 – 45 Mayoral, 2:1 – 66 Brashanas.
Real Madrid – Kasilya, Valyexo, Teo, Xakimi, Sebalyos, Lyorente, Kovachich (Kroos, 62), Kazemiro, Beyl, Mayoral, Benzema (Asensio, 62).
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Riko, Saldua, Siovas, Brashanas (Naranxo, 90), Peres, Pires, El-Jar, Amrabat (Eraso, 90), Gerrero (Bovyu, 62).
Ogohlantirish: Saldua (73).
Chetlatish: Pires (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:23, 28.04.2018.
O'qildi: 6951 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик