Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Bugun «Markaziy»da: «Nasaf» – «Sug‘diyona»

Bugun «Markaziy»da: «Nasaf» – «Sug‘diyona»

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy”da “Nasaf” jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga. 9-tur

“NASAF” – “SO‘G‘DIYONA”

30.04.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat No‘’monov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).

Komissar: Bekzod Aripov.

 

Bugungi uchrashuvga “Markaziy” stadionimiz chiptaxonalaridan chipta xarid qilib, o‘yinga tashrif buyurgan ishqibozlar smartfon yutib olish imkoniga ham egalar. Uchrashuvning tanaffus paytida lotereya o‘yini o‘tkaziladi. Yutuqga 5 dona smartfon qo‘yilgan. Chiptalar sotuvi davom etmoqda.

“Nasaf”ning muxlislar klubi faollari, bugungi uchrashuvga barchani chorlamoqda. Ular vohamizning futbol ishqibozlariga qarata, “do‘st bo‘sang yonimda tur...”, deya murojaat bilan chiqishdi. Ishonamizki, muxlislar bu chorlovga ijobiy javob tariqasida, stadionimizga har qachongidanda ko‘p tashrif buyurishadi.

Endi bevosita bo‘ladigan uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, futbol shaydolari bugun qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lishlari aniq. Zero, joriy chempionatda oddiy o‘yinlar bo‘lmayapti.  

“Ajdarlar”ning bugungi uchrashuvdagi maqsadi bitta, u ham bo‘lsa g‘alaba qozonish. Jamoamiz o‘tkazilgan 8 uchrashuvning 3tasida g‘alaba va 5tasida durangga erishgan. Superliga ishtirokchilari orasida mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Ammo o‘tgan ikki uchrashuvni futbolchilarimiz golsiz tark etishdi. Bugun bunga barham berilishi mumkin.

“Nasaf” va “So‘g‘diyona” jamoalari milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 34 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 27ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 105 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 76:29.

“So‘g‘diyona” futbolchilari so‘nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan Jizzaxdagi uchrashuvda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan keyingi o‘zaro bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda ham jamoamiz ketma-ket g‘alaba qozonib kelmoqda.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro 17ta uchrashuvning 15tasida “Nasaf”, 1tasida “So‘g‘diyona” zafar quchgan. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 60ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik jamoamiz tomonida - 45:15.

Shunday ekan, bugungi uchrashuvni o‘tkazib yubormang, “Markaziy” stadionimiz SIZga muntazir!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:53, 30.04.2018.
O'qildi: 2604 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик