Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ehtiyot bo‘ling, Enrike qaytmoqda!

Ehtiyot bo‘ling, Enrike qaytmoqda!

Baho:
+ | -

Yevropadagi navbatdagi mavsum ham yaqinda tugaydi. Emeri «PSJ» bilan, Venger esa, «Arsenal» bilan xayrlashmoqda. Konte ham katta ehtimol bilan «Chelsi»ni tark etadi. Go‘yoki, juda ko‘p bo‘sh top murabbiylar mavjud bo‘lsa-da, bu klublarning direktorlari asosan bir nomzod ustida ko‘proq to‘xtalishmoqda – Luis Enrike.

Har hafta turli saytlar ispaniyalik murabbiyning yo u yoki bu top-klub bilan bog‘lab xabarlar chop etmoqda. Luchoning o‘zi esa, hozircha faqat «Arsenal» bilan jidddiy muloqotga kirishgan. U yerda faqat katta maosh evaziga ishlash mumkinligini his qilgan Enrike avvaliga xudi Venger kabi, yiliga 9 million yevro talab qildi, keyin esa, yozgi transferlar uchun 260 million ajratishlarini so‘radi. Enrikeni tushunsa bo‘ladi, u qaysidir ma’noda tender o‘tkazmoqda va o‘ziga yoqqan va qiziqarli tuyulgan loyihaga rozilik bildiradi.

Eng qizig‘i, haligacha hech kim Enrikening aynan qanday murabbiy ekanini ani qaytib berolmaydigandek tuyuladi. Qisqa muddatda yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutgan Luis Enrike taktik-novatormi, top motivatormi yoki ajoyib seleksionermi, baholash qiyindek. Hatto «PSJ» bilan o‘yindagi ajoyib kambek ham uning qopiga tushmadi, hammasini Messi va Neymar birgalikda hal qilishdi, deydiganlar ko‘p. FIFA tomonidan 2015 yilda taqdim etilgan «Eng yaxshi murabbiy» sovrini ham ko‘proq «Barselona» bilan qo‘lga kiritilgan yutuqlarga bog‘lanadi, qandaydir taktik yangiliklar yoki uslubga emas.

Nazariy tomondan, Luis xuddi Yurgen Klopp kabi rok-qahramon ham bo‘lishi mumkin edi – u ham ko‘p kuladi, qorni yo‘q, «modniy» kiyinadi va chiroyli qarimoqda. Faqat o‘ziga xos matbuot anjumanlari kamlik qiladi, aynan Yurgenni zo‘r odamga aylantirgan yana bir jihat yetishmaydi. Lekin Enrike ataylab o‘zini jiddiy tutishga harakat qiladi, uning ustunligi boshqa tomonda ekanini biladi.

Lucho – futbolni juda yaxshi tushunadigan, klub va futbochlilar bilan qanday munosabat o‘rnatish lozimligini his qila oladigan oddiy yigit. Mohiyatan, Zidanga qiyoslash mumkin, faqat futbolchilik davridagi farq tufayli, Zidan biroz kattaroq shaxsiyat ko‘rinadi. Boshqa tomondan juda yaqin. Shu jihatdan rahbariyat uchun Enrike qulay – Blan kabi yuvosh ham emas, Byelsa kabi tentaklikdan ham uzoq. Zaxiradagilar to‘polon qilishmaydi, yetakchilar nolishmaydi, qolganlar jimgina ergashishadi.

«Hech kim hech kimga halaqit bermasin, hamma o‘z ishini qilsin» tamoyili 2015 yilda «Barselona»ni treblga olib kelgan, keyin esa, hammasi buzilib ketdi. 2016/17 mavsum shuni ko‘rsatdiki, har qanday g‘oya vaqti vaqti bilan yangilanib turishi, futbolchilarga yangiliklar bilan motivasiya berib turish kerak ekan. Luis Enrike bu tomondan u qadar kuchli emas, u ko‘proq birinchi mavsumda, hamma o‘ziga yarasha ko‘tarinki ruhda bo‘ladi, alohida impuls shart emas, yangilanishning o‘zi futbolchilarni g‘alabalarga yetaklay oladi. 

Mana shu tarafdan, yuqorida tilga olingan uchala klub ham o‘xshash – e’tibor bersangiz, hech biri Enrikening uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rmayapti. Enrike boshqa vazifa uchun kerak: charchab qolgan tarkibni tetiklashtirish va qaysidir eski do‘stlardan birini olib kelish.

Misol uchun «Arsenal»dagilar Enrikening «Roma»dagi Nainggolanni olib kelishga ko‘ndira olishiga ishonishyapti. Roman Abramovichni ham ko‘proq Enrikening tanishlari qiziqtiradi, Lucho hatto Liga Yevropadagi «Chelsi»ga ham yulduzlarni olib kelishi mumkin.

«PSJ» uchun Luis eng muhimi, Neymarni olib qolish uchun lozim. Braziliyalik yulduz Tuxelga keskin qarshilik bildirdi, Venger haqida hali fikr bildirmadi, lekin Enrike variantini qo‘llab quvvatladi. Demak, Enrikeni olib kelish Parij klubi shayxlari har qanday harajatga tayyor turishlari tabiiy.

Lucho – personalni boshqarishni biladigan ajoyib murabbiy va uning qaytishi 2018 yil uchun katta voqealardan biri bo‘lsa-da, hali ko‘pchilik buni his qilmayapti. Hozircha biroz soyada turgan Luis Enrikening yangi klubi tranfer bozorida eng faol bo‘lishi shubhasiz. 

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 15:13, 30.04.2018.
O'qildi: 19679 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.