Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Yupp Xaynkes: «Umid qilaman, o‘yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qiladi»

Yupp Xaynkes: «Umid qilaman, o‘yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qiladi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo‘ladigan javob bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hakamlar haqida
«Umid qilaman, hakam o‘yinni xolis va baxato boshqaradi. O‘yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qilishidan umidvorman».

«Real»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar seriyasi haqida
«Madrid»ga qarshi o‘yinlarda necha marta mag‘lubiyatga uchraganimiz ahamiyatga ega emas, sababi men bungacha «Bavariya» bosh murabbiyi emasdim. Ertaga boshqa o‘yin bo‘ladi. Qolgani muhim emas. Bu biz uchun qiyin o‘yin bo‘ladi, shuningdek, «Real»ga ham. Uchrashuv muhiti qaynoq bo‘ladi, ammo futbolchilarim katta tajribaga ega. Biz amaldagi chempionga qarshi o‘ynaymiz, shu bois, remontadani amalga oshirish yanada qiyinroq bo‘ladi. Ular muhim o‘yinlarda yaxshi o‘ynashga ko‘nikishgan, ammo biz murakkab raqib bo‘lamiz. Sababi, biz shunday o‘yinlarda ulg‘ayamiz. Finalga chiqishni istaymiz. Futbolda tog‘ni qayirish mumkin. Biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz».

Muhim vaziyat haqida
«Birinchi o‘yinga nisbatan samaraliroq harakat qilishimiz kerak edi. Myunxendagi o‘yinda ular 3ta vaziyat yaratib, ikkita gol urishdi. Mavsum davomida ko‘plab gollar uryapmiz. Shu tomonlama biz ajralib turibmiz. Bu hammasidan muhimroq».

Qo‘rquv haqida
«O‘z jamoamga ishonaman. Balansni topishimiz va har bir vaziyatda nima qilish kerakligini bilish uchun xotirjamlikni saqlashimiz lozim».

Penaltilar seriyasi haqida
«Buni ham mashq qilishimiz kerak, lekin o‘yinda senga ko‘p narsalar ta’sir ko‘rsatadi: bosim, muhit, asablar... Lekin 2012 yildagi kabi voqea sodir bo‘lsa, bu men uchun ahamiyatga ega bo‘lmaydi».

«Real» va Chempionlar ligasi
«Ular Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga ko‘nikishgan. Buning uchun katta mahorat va yaxshi tarkibga ega bo‘lish kerak. Bundan tashqari, ba’zi vaziyatlarda va hakamlar borasida omad ham kulib boqish kerak…».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 11:15, 01.05.2018.
O'qildi: 6022 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик