Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Umid Ahmadjonov boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosovni qabul qildi

Umid Ahmadjonov boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosovni qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 1 may kuni Rio 2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mashhur bokschimiz ushbu tashrifi davomida Umid Ahmadjonov qabulida bo‘ldi. Uchrashuv davomida MOQ rahbari Shahramni 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ko‘rmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«Shahram, seni bekorga okean ortiga, uzoq Amerikaga qo‘yib yuborganimiz yo‘q. Chunki, sen havaskor bokschi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinni yuta olding. Bugungi kunda o‘z vazn toifangda yurtimizdagi eng kuchli bokschisan. Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q. Endi AQSHda kuchli bokschilarga qarshi janglarda mahorat oshirib, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida terma jamoa safida bo‘lishing shart. Seni aynan shu niyatda u yerga qo‘yib yuborganmiz. Shuni bilginki, Milliy olimpiya qo‘mitasi seni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Jahonning eng yirik arenalarida zafar quchib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishing uchun barcha sharoitni yaratib beramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida Shahram G‘iyosov ushbu e’tibordan xursand ekanligi haqida gapirdi.

«Menga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Sizning, qolaversa Milliy olimpiya qo‘mitasining ushbu e’tiboridan xursand bo‘ldim. O‘z natijalarim bilan O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishda, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», – dedi Shahram G‘iyosov.

Uchrashuv yakunlangach Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

-Ayni paytda O‘zbekistonda sportchilarga e’tibor kuchaygan. Biz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘z navbatida menga ham zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Rahbariyat sportchilarimizni yangi darajaga ko‘tarish niyatida. Bundan biz juda xursandmiz. Chunki, bunday e’tibor har doim ham bo‘lavermagan. Endi biz shunga yarasha mehnat qilamiz. Ortimizda butun o‘zbek xalqi turganini sezib turamiz. Bu bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Uchrashuv davomida Umid Mahamadjonovich rag‘bat haqida gapirib o‘tdilar. Endi natija qay darajada yuqori bo‘lsa, rag‘bat ham shunga yarasha bo‘lar ekan.

-Odatda bokschilar professional ringga o‘tganidan so‘ng ko‘pchilikni nazaridan chetda qoladiganidek tasavvur uyg‘onadi. Masalan, havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari yoki jahon chempionatlarida muvaffaqiyatga erishgan sportchilar doimo mutaxassislar, muxlislar, matbuot diqqat markazda turadi. Barcha ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, professional boksga o‘tganidan so‘ng omma fikricha, «u ko‘proq pul topish maqsadida xorijga jo‘nab ketdi» degan tasavvur uyg‘onardi. Bugun Umid Mahamadjonovich bilan uchrashgandan so‘ng bu borada qarashlar o‘zgarganini sezdingizmi?

-O‘zgarishlar katta. Biz professional boksga o‘tdik. Bilasiz, barcha joyda daraja, saviya turlicha. Masalan, men Jahon va Osiyo chempioni bo‘ldim, Olimpiadada kumush medal sohibiga aylandim. Xudoga shukr, havaskor boksda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha medallarga sazovor bo‘ldim. O‘z maqsadimga erishganimdan so‘ng menga yangi chaqiruvlar, yangi marralar kerak edi.

Bungacha professional boksda O‘zbekistondan mutloq jahon chempioni chiqmagan. Men aynan shuni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Shukrki, o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarimga birma-bir erishib kelyapman. Navbatdagi maqsadim – professional boksda O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘tarib, mutloq jahon chempioni bo‘lish.

Avvallari, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonni Pokiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlar bilan adashtirishardi. Hozir esa AQSHda o‘zbek ekanligimni ko‘rib, menga qarab «Rio de-Janeyro?» deyishyapti. Men ham buni tasdiqlayman. Riodagi natijalarimiz sabab bizni shu tarzda taniy boshlashdi. Endi O‘zbekiston deganda kuchli-kuchli sportchilar, mutloq jahon chempionlari bor mamlakatni bilishsin.

-Bugungi uchrashuvda, MOQ rahbari sizni Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga taklif qildi. Shahsan o‘zingizda yana bir marotaba Olimpiadada ishtirok etib, endi kumush emas, oltin medalga ega chiqish orzusi bormi? Umuman bu taklifga qanday munosabat bildirasiz?

-Rostini aytsam Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng darhol professional boksga o‘tish niyatim bor edi. Rioda kumush medalni qo‘lga kiritganimdan keyin, «Men mag‘lub bo‘ldim, endi jahon chempionatida oltin medal olishim kerak, keyin prof ringga o‘tsam bo‘ladi» degan qarorga keldim. Navbatma-navbat Osiyo, keyin Jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandim. Umid aka bilan gaplashib, menda o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi, dalda, niyat paydo bo‘ldi. U kishi meni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Endi men AQSHda mahoratimni oshiraman. Bu taklif men uchun baxt desam ham bo‘ladi. Riodagi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng Toshkentga yetib kelganimizda yuzaga kelgan muhitni eslasam, yana bir marotaba Olimpiadada ishtirok etish niyati paydo bo‘lmoqda (kuladi). Bundan juda xursand bo‘ldim va albatta taklifni bajonidil qabul qilaman.

-Bu promouterlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomangizga mos keladimi?

-Men O‘zbekistondan ketishimdan oldin, MOQ va boks federasiyasida Olimpiya o‘yinlarida mendan yana medal kutishlarini aytishdi. Shu sababli, professional shartnomamga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bandini kiritdim. Osiyo va Jahon chempionatida qatnasha olmayman. Ammo, Olimpiadaning lisenzion musobaqasida ringga chiqib, yo‘llanma qo‘lga kirita oladigan bo‘lsam, Tokioga borish imkoniyati menda bor.

-Navbatdagi rejalaringiz qanday?

-Endi 25 may kuni AQSHga jo‘nab ketaman. 3,5 yilga viza olib, iyul oyida navbatdagi jangimni o‘tkazaman. Hozircha raqibim noma’lum. Promouter, menejerlarim bilan navbatdagi raqiblarni ko‘rib chiqyapmiz. Bizda tanlash imkoniyati bor. Menga mos keladigan raqib izlanmoqda.

-Murodjon Ahmadaliyev bilan bir jamoadamisizlar?

-Ha, ikkimizning menejerimiz ham, promouterimiz ham bir. Uning hisobida ham ayni paytda ikkita jangdan so‘ng ikkita g‘alaba bor. Takliflar ham ko‘p. Uchinchi jangimiz ham bir kunda o‘tkaziladi.

-SHahram, sizni Milliy olimpiya qo‘mitasida ko‘rib xursand bo‘ldik. Faoliyatingizda sizga omad, g‘alaba va zafarlar tilab qolamiz. Albatta, o‘zingiz yuqorida aytib o‘tgan niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. Sog‘ bo‘ling!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:09, 01.05.2018.
O'qildi: 5517 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.