Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Futbol yoki «totalizator»?

Futbol yoki «totalizator»?

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda kutilmagan hisoblarni so‘nggi paytlar ko‘p kuzatyapmiz. Shu haqda bir muxlis do‘stim bilan bahslashib qoldik. Uning aytishicha, hozirgi kunda hattoki YECHLdagi markaziy o‘yinlarning ham aksariyatiga «totalizator»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri bor emish. Top-klublarning asosiy daromadi ham shundan emish.

U, ayniqsa, «Barcelona»-«PSJ» o‘yiniga alohida to‘xtaldi. Aytishicha, ularning javob o‘yinidagi «mo‘’jizaviy» 6:1 natijalaridan so‘ng jamoaning puli ko‘payib ketganmish. Doimo o‘z akademiyasiga suyanadigan «Barselona» ham katta summadagi super transferlarni amalga oshirdi. Jamoa qarzlari bilan bog‘liq moliyaviy muammolar girdobidan qutulib ketganligini ta’kidladi do‘stim.

«PSJ» egalari esa Neymar va Mbappe uchun sal kam yarim milliard yevro sarflashdi. Do‘stim shunday o‘yinlarni yana bir nechtasini sanab o‘tdi. Shunisi ajablanarliki, «Lester»ning chempionligini ham shunga yo‘ydi. Mavsum boshida «Lester»ning g‘alabasiga bukmekerlik idoralari 1ga 1million koefisiyent qayd etganini, shunda ham «Lester»ga mavsum boshida pul tikkanlar bo‘lganligini aytdi. Qizig‘i shundaki, taxminlarda fakt bo‘lmasa ham, mantiq borday go‘yo! To‘g‘risi bilmadim! Do‘stimga tayinli javob qaytarolmadim ham. Yetmaganiga, bugun va erta bo‘lib o‘tadigan CHL yarim final o‘yinlariga ham o‘z taxminlarini aytdi. Uning aytishicha, final oldidan ham bitta kambek bo‘lar emish. U shunday ishonch bilan gapirar ediki, sal bo‘lmasa ishonib qolar edim. Unga e’tiroz bildirgan edim, kulib, qiziq bir gapni aytdi: Futbol katta biznesga aylangan ekan.

To‘g‘risi, ikkilanib qoldim. Ich-ichimdan bu gapga ishongim kelmasdi. Nahotki, butun dunyoni pul uchun futboldek zavqu-shavqqa boy o‘yindan mahrum qilishadi degan qo‘rquv bor edi. Yana bilmadimu, futbolning bizga ko‘rinmas tomonlari borligiga hech ishongim kelmayapti. Ishqilib do‘stim adashayotgan bo‘lsinda! Yo‘qsa, futbol o‘zining yana bir muxlisini yo‘qotadi…

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:25, 01.05.2018.
O'qildi: 7043 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик