Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Yosh hakamlarni saralash bo‘yicha seminar-tanlovlar o‘tkazilmoqda

Yosh hakamlarni saralash bo‘yicha seminar-tanlovlar o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan O‘zbekistonda futbol hakamlari malakasini yanada oshirish va yosh hakamlarni tanlab olib, ularni tajribali hakamlar  saviyasiga olib chiqish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, bu vakolatlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshiga o‘tkazildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha hakamlarni tanlab olish va tayyorlash mezonlari ishlab chiqildi. Ana shu mezonlar asosida yosh hakamlarni tanlab olish ishlari Respublikamiz viloyatlarini  4ta hududga bo‘lgan holda olib borilyapti.

1-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro

2-hudud: Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand

3-hudud: Namangan, Farg‘ona, Andijon

4-hudud: Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax

Shunga asosan aprel oyida Namangan viloyatida yosh hakamlarni tanlab olish bo‘yicha dastlabki seminar-tanlov o‘tkazildi. 24 aprel kuni Buxoro shahrida Buxoro va navoiylik yosh hakamlar uchun,  1 may kuni esa Toshkent shahrida seminar bo‘lib o‘tdi.

Keyingi seminar 3 may kuni Xorazmda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va xorazmlik hakamlar uchun o‘tkaziladi.

Shuningdek, 3 may kuni vodiylik hakamlar uchun Farg‘onada seminarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu hududlardan saralab olingan yosh hakamlar shu yilning oktyabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan seminar-tanlovda qatnashib, kelajakda hakamlik faoliyati bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Hakamlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 18-32 yoshdagi erkaklar va 20-25 yoshdagi ayollar mahalliy futbol federasiyalariga murojaat qilishlari va seminar-tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:33, 02.05.2018.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик