Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari uchun yig‘inlar o‘tkazish va bo‘lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar o‘rtasida 28 apreldan 2 may kuniga qadar “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi. Ushbu yig‘in davomida murabbiylar shtabi 2004 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilarning maydondagi fikrlash qobiliyatini, texnik-taktik imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi, yuzaga kelgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinlarda Azamat Abduraimov shogirdlari 2003 yilda tug‘ilgan “Spartak” jamoasi futbolchilarini 3:1 hisobida, hamda shu yilda tug‘ilgan “Bunyodkor” jamoasi a’zolarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar.

Bunday o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yil davomida muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:46, 03.05.2018.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.