Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Neftchi» o‘z muxlislarini hurmat qiladi

«Neftchi» o‘z muxlislarini hurmat qiladi

Baho:
+ | -

Bundan bir necha kun avval rasmiy saytimiz orqali "Neftchi" faqat olg‘a intiladi" sarlavhasi ostida bayonot e’lon qilingan edi. Mana shu bayonotda jamoaning so‘nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatsizliklarining sabablari va muxlislarni stadionga chorlash, jamoani qo‘llab-quvvatlashga undalgan.

Ammo ushbu bayonot bir qator sport saytlarida umuman noto‘g‘ri talqin qilingan. (aynan qaysi sayt ekanligi barchaga yaxshi ma’lum. Balki klub saytga rasmiy raddiya qaytarishni, shu orqali o‘zini reklama qilishni istagandir. Afsus, ularni istagini amalga oshira olmaymiz).

Emishki, "Neftchi" jamoasining 2018-yilgi omadsiz natijalarida jamoa ishqibozlari aybdor ekan. Ha, aynan klub bayonot berish orqali mag‘lubiyatlarda o‘z muxlislarini sabab qilib ko‘rsatgani uchun qoralangan.

Lekin klub bayonotining hech bir jumlasida Superligidagi omadsizliklarda MUXLISLAR AYBDOR degan jumla mavjud emas. Fikrimizga qo‘shilmaganlarga esa, bayonotni qayta o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz. Aksincha, klub o‘zining jonkuyar va sodiq muxlislariga shunday qiyin pallalarda xam futbolchilarni qo‘llab quvvatlab turganligi uchun tashakkur izxor qilgan xolda, ba’zi bir muxlislarga o‘yinlar chog‘ida jamoa futbolchilariga turli-xil xayqiriq hamda so‘kishlar bilan bosim qilmaslikni, va ishonch bildirishga chorlagan xolos. Balkim bir oz tanbex xam bergan, lekin bu jamoa mag‘lubiyatida muxlis aybdor degan narsa emas! 

Klub bayonotini noto‘g‘ri talqin qilgan sayt ijodkorlari jamoa va muxlislar o‘rtasida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin edi. Ammo klubimiz muxlislari o‘z jamoasiga ishonadi va vaziyatni noto‘g‘ri muhokama qilgan sayt xabariga hatto e’tibor ham qilishmaydi.

Aslini olganda, saytning asl maqsadi klub va muxlislar o‘rtasida murosasizlik oqibatida janjal keltirib chiqarish niyati bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Lekin sayt chiqargan maqola sarlavhasi kishini kuldirishdan boshqasiga yaramaydi.

So‘nggi so‘z o‘rnida yuqoridagi "aqlli" sayt xodimlariga jamoaning so‘nggi bayonotini noto‘g‘ri talqin etganligi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan intelektual mulk xuquqlarining buzilishi, ya’ni tayyor materialni muxlislar va jamoa o‘rtasida nizo keltirib chiqaruvchi xolatga keltirish va noto‘g‘ri talqin qilinganligi uchun javobgarlik mavjud ekanligi xaqida eslatib o‘tamiz!

Jonkuyar muxlislarimizdan esa ushbu xolat uchun uzr so‘raymiz!

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:24, 03.05.2018.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик