Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQda malakali murabbiylarni tayyorlash va ularni sohaga qiziqtirish masalalari muhokama etildi

MOQda malakali murabbiylarni tayyorlash va ularni sohaga qiziqtirish masalalari muhokama etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Bosh kotib Jasur Matchanov, MOQ Prezidenti yordamchisi Sardor Abduholiqov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti rektori Komil Yarashev va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda murabbiylar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, universitet bitiruvchilarini murabbiylik sohasiga yanada qiziqtirish, yosh murabbiylar uchun ilmiy-metodik qo‘llanmalar yaratish va boshqa masalalar muhokama etildi.

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetini har yili yuzlab talabalar bitirib chiqishadi. Ammo, ularning hammasi ham keyinchalik murabbiylik sohasini tanlamaydi. Aksincha, huquqni muhofaza qilish, moliya yoki iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ma’qul ko‘radilar.

Aynan shuning uchun ham universitet bitruvchilarini murabbiylik kasbiga qiziqtirish, kelajakda ulardan yetuk mutaxassislar tayyorlash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti qoshida terma jamoalar uchun malakali murabbiylar yetkazib berish bo‘yicha maxsus ilmiy guruh tashkil etishga kelishib olindi. O‘z navbatida, Jasur Matchanov ham Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu jarayonda faol ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:13, 03.05.2018.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.