Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

Bahodir Jalolov: «Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor»

Bahodir Jalolov: «Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Xabar berib o‘tganimizdek, Bahodir Jalolov bugun professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Biz ushbu g‘alabadan so‘ng bokschimiz bilan bog‘lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

«Jang juda yaxshi o‘tdi. Raqibim meksikalik tajribali charm qo‘lqop ustasi edi. Bellashuv uchun taktika ishlab chiqdik va g‘alaba qozona oldik. Ushbu yutuqni yurtdoshlarimga bag‘ishlayman. Chunki, xalqimni duosi bilan mana shu muvaffaqiyatga erishdim.

Bizga sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. E’tibor uchun rahmat aytaman. Keyingi jangimni iyun oyida tashkil qilamiz. Raqib hozircha noma’lum.

Oldimga qo‘ygan maqsadim katta. Nasib qilsa 2020 yilda Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etaman. U yerda oltin medalni qo‘lga kiritishim kerak. Chunki, vatanimdan oltin medal qarzim bor. Nasib qilsa Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘laman.

Va albatta professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni yanada dunyoga tanitaman. Og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari nasib qilsa bir kun kelib menda bo‘ladi», – dedi Bahodir Jalolov Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:00, 06.05.2018.
O'qildi: 5033 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.