Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Prevyu: «Metallurg» – AGMK

Prevyu: «Metallurg» – AGMK

Baho:
+ | -

Toshkent viloyati jamoalari 2008 yildan uzluksiz kuch sinashib kelishadi va u mamlakatimizdagi eng murosasiz derbilardan hisoblanadi. Buni qayd etilgan natijalardan ham bilib olish mumkin. O‘tgan davr mobaynida poytaxt viloyati vakillari bir birlariga qarshi 20 ta marta to‘qnash kelishgan. Kichik ustunlik “Olmaliq” jamoasi tomonida. Konchilar o‘tkazilgan o‘yinlarning 10 tasida zafar quchishgan bo‘lishsa, metallurglar 9 ta uchrashuvda muvaffaqiyat qozonishgan. Faqat 1 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 41:39, “Olmaliq” jamoasi foydasiga.

Mazkur jamoalarning to‘qnashuvida olmaliqlardan eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchi Mo‘ydin Mamazulimov. Uning hisobida 6 ta gol bor. Bekobodliklar hujumchisi Zohid Abdullayev esa raqiblari darvozasini 5 marta ishg‘ol etgan.

O‘tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasida Bekobodda kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mezbonlardan Muhammadodil Qahramonov, Islombek Isoqjonov hamda Sirojiddin Allayevlar gol kiritishgan bo‘lishsa, olmaliqliklardan G‘ulomhaydar G‘ulomov va Vladislav Kosmininlar muvaffaqiyat qozonishgandi.

Bekoboddagi birinchi bahsda kuchlar teng kelgan, qolgan to‘qqizta uchrashuvda mezbonlar zafar quchishgan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari bilan tanishing:

13.11.2008  Metallurg – Olmaliq – 1:1

05.11.2009  Metallurg – Olmaliq – 3:2

24.04.2010  Metallurg – Olmaliq – 1:0

09.09.2011  Metallurg – Olmaliq – 4:3

04.09.2012  Metallurg – Olmaliq – 4:3

31.05.2013  Metallurg – Olmaliq – 2:1

03.08.2014  Metallurg – Olmaliq – 3:2

21.10.2015  Metallurg – Olmaliq – 4:2

18.08.2016  Metallurg – Olmaliq – 4:2

26.10.2017      Metallurg – Olmaliq – 3:2

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 16:46, 09.05.2018.
O'qildi: 1633 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.