Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkentda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

Toshkentda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladigan qit’a chempionati oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar ham taqdim etadi.

Ushbu musobaqada Osiyoning Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Singapur, Suriya, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Tayvan, Yaman va O‘zbekiston kabi 21 ta davlatidan 400 nafarga yaqin sportchi va murabbiylar ishtirok etadilar.

Ma’lumot uchun, har uchchala yo‘nalish (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo‘yicha beshta vazn toifasida (o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan vaznlar) chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchilar lisenziya sohibiga aylanadilar. Demak, qit’a chempionatida o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga jami 15 ta lisenziya o‘z egasini topadi.

Musobaqada umumiy hisobda 30 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar oltin medallardan tashqari, Osiyo chempionatlari tarixida ilk marotaba tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus chempionlik kamariga ham ega bo‘ladilar.

Ayni paytda yunon-rum kurashi bo‘yicha –45, -48, -51, -55, -60, -92, -110kg vazn toifalarida finalchilar aniqlanmoqda.

Hozircha hamyurtlarimizdan L.O‘zbekov (-51kg) qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi davraga yo‘l oldi. K.YUnusxonov (-45kg) va Muhammadali Saydullayev -(110kg)lar esa afsuski ilk bosqichdayoq imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Soat 17:30da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 18:00dan boshlab esa final bellashuvlari start oladi. Demak, Buenos-Ayresga dastlabki yo‘llanmalar egalari nomi aniq bo‘ladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada yosh polvonlarimizga omad tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:06, 10.05.2018.
O'qildi: 3255 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.