Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muborak Ramazon oyidagi Superliga o‘yinlari boshlanish vaqtlari

Muborak Ramazon oyidagi Superliga o‘yinlari boshlanish vaqtlari

Baho:
+ | -

Kelasi haftada muborak Ramazon oyi boshlanadi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgandi: “Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to‘xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o‘zimizni ham xursand. Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Ya’ni, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo‘yiladiki, taymlarning tugashi og‘iz ochish vaqtiga yo‘l ochib beradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o‘z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”.

Ana shundan kelib chiqqan holda, muborak Ramazon oyida bo‘lib o‘tadigan Superliga bahslari quyidagi vaqtlarga belgilandi:

Superliga 12-tur
22 may
Soat 18:49 “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” (Jonli efir)
Soat 18:56 “Lokomotiv” – “Qizilqum”

13-tur
25 may
Soat 18:49 “Neftchi” – “So‘g‘diyona” 
Soat 18:59 “Paxtakor” – “Bunyodkor” (Jonli efir)
Soat 19:20 “Buxoro” – “Nasaf”

26 may
Soat 18:50 “Navbahor” - AGMK (Jonli efir)
Soat 19:00 “Metallurg” – “Lokomotiv” 
Soat 18:53 “Qo‘qon-1912” - “Qizilqum”

Ko‘rib turganingizdek, o‘yinlar vaqti shunday tuzilganki, birinchi bo‘lim tugaganini bildiruvchi hakamning hushtagidan keyin muxlislar iftorlik qilishlari va farzlarni ado qilishlari mumkin. Bu vaziyatda turli hududlarda quyosh botishi har xil vaqtga to‘g‘ri kelishi, shundan kelib chiqqan holda, og‘iz ochish vaqtlari ham bir-biridan farq qilishi inobatga olingan.

Yana bir ma’lumotni aytib o‘tish zarur. 13-turdan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” o‘yini qur’aga ko‘ra aslida Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ammo 2-turdagi “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘yini Qo‘qondagi stadionda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani tufayli Zarafshonda o‘tkazilgan. Shu sababdan endi 13-turdan o‘rin olgan o‘yin Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:07, 10.05.2018.
O'qildi: 6111 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.