Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Lokomotiv” stadioni hududida namoz o‘qish uchun joy tayyorlandi

“Lokomotiv” stadioni hududida namoz o‘qish uchun joy tayyorlandi

Baho:
+ | -

Yurtimizda Islom dinini yoshlarga yetkazish, uni to‘g‘ri tashviqot qilish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “boshqa davlatlarda Islom dinini o‘ziga niqob qilib, boshqa yo‘llarga yurayotgan bolalar, shu terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi narsalar bizga yot bo‘lishi kerak”, deb aytgan muxtaram prezidentimiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridagi nutqida butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni O‘zbekiston eng muhim vazifasi deb hisoblashini ham aytgan edi.

Bir necha kundan so‘ng Islom dinining muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol muxlislari 4 sektor oldidan alohida ajratilgan joyda namoz ibodatlarini bajarishlari va namoz tahoratini olish xonalari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish tekin. Chiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O‘yin 11 may kuni soat 20:30da boshlanadi. Barcha futbol ishqibozlarini oilaviy tashrifini kutib qolamiz.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:32, 10.05.2018.
O'qildi: 4590 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик