Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Yuventus» — 34-karra Italiya chempioni!

«Yuventus» — 34-karra Italiya chempioni!

Baho:
+ | -

Italiyada mavsum yakunlanishiga bitta tur qolganida chempion jamoa nomi aniq bo‘ldi. "Yuventus" navbatdagi g‘oliblikni qo‘lga kiritishi uchun "Roma"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lmasligi kifoya edi.

Allegri shogirdlari bu ishning uddasidan chiqishdi. Turinliklar "Olimpiko"da g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi. Boisi, bahsning 68-daqiqasida "Roma" yetakchisi Raja Nainggolan maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, o‘yinda hisob ochilmadi.

"Napoli" esa safarda "Sampdoriya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. So‘nggi tur oldidan "Yuventus" va "Napoli" orasidagi ochkolar farqi 4tani tashkil qilmoqda. Demak, "Yuve" o‘z tarixida 34-marta Skudetto sohibiga aylandi. Ular bu ishni ketma-ket 7 yildan beri amalga oshirishmoqda.

Italiya A seriyasi, 37-tur
Sampdoriya – Napoli 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 72 Milik, 0:2 – 80 Albiol.
Sampdoriya – Beles, Andersen, Redjini (Strinich, 81), Bereshinski, Ferrari, Linetti, Torreyra, Ramires, Prat, Kovnaski (Alvares, 87), Kaprari (Sapata, 70).
Napoli – Reyna, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski, Jorjinyo, Kalyexon (Gamshik, 67), Allan (Rog, 81), InsinYE, Mertens (Milik, 71).
Ogohlantirishlar: Milik (73), Ramires (86), Gamshik (86), Linetti (90).

Roma – Yuventus 0:0 (0:0, 0:0)
Roma – Alisson, Jezus, Fasio, Kolarov, Florensi, Nainggolan, de Rossi (Strotman, 82), Under (SHik, 81), Pellegrini (Gonalon, 73), El-SHaaravi, Jeko.
Yuventus – Shchensni, Bardzali, Aleks Sandro, De Shilyo, Rugani, Matyuidi, Pyanich, Bernardeski (Duglas Kosta, 67), Mandjukich (Bentankur, 81), Dibala, Iguain.
Ogohlantirishlar: Pyanich (32), Aleks Sandro (43), Nainggolan (63).
Chetlatish: Nainggolan (68).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:49, 14.05.2018.
O'qildi: 4656 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.