Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudochilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Dzyudochilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -

Bugun Livandagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan yosh dzyudochilarimiz mamlakatimizga qaytib kelishdi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilari, shuningdek, dzyudo federasiyasi birinchi vise-prezidenti Shavkat Mo‘minov, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali tarzda kutib olishdi.

Osiyo chempionatida 20dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqada 33 nafar sportchi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24ta medal qo‘lga kiritdi.

Mazkur Osiyo chempionatining ahamiyatli tomoni shundaki, unda Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etuvchi qimmatli reyting ochkolari ham o‘ynaldi. Sportchilarimiz 31 iyulgacha turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, reyting ochkolarini to‘plab boradilar. Shundan so‘ng yuqori reytingga ega bo‘lgan polvonlar Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasiga ega bo‘ladilar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:41, 15.05.2018.
O'qildi: 2505 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик