Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Milliy terma jamoa Eron safari oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

Milliy terma jamoa Eron safari oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

Baho:
+-1 | -

Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi “Ozodiy” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi xaqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilardan tashkil topgan milliy terma jamoamiz bugun 16 may kuni Eronga jo‘nab ketishdan oldin Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarayotgan Temur Kapadze boshchiligida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlarda to‘liq tarkib bilan qatnashayotgan futbolchilarimiz asosan uchrashuvda qo‘llaniladigan taktika va ayrim standartlar bo‘yicha mashqlar olib borishdi. Eronga yetib borgandan so‘ng terma jamoamiz vakillari murabbiylar boshchiligida nazariy mashg‘ulotlarga kirishadilar.

“Paxtakor” stadionidagi mashg‘ulotlar nihoyasiga yetgach, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati futbolchilar bilan suhbatlashib safar odidan ularga muvaffaqiyat tilashdi.

Milliy terma jamoamiz bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportidan Eronga yo‘l oladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:28, 16.05.2018.
O'qildi: 6357 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик