Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zbekiston — «boshsiz chavandoz»?!

O‘zbekiston — «boshsiz chavandoz»?!

Baho:
+2 | -1

To‘g‘risi, qit’a birinchiligi uchun tashlangan qur’ani ko‘rib o‘tirar ekanman, bir narsani his etdim. Terma jamoamiz o‘yinlarini sog‘inibman. Mening uchun yurtimiz jamoasining o‘yinlari har qanday Yevropaning top-klublari o‘rtasidagi o‘yinlaridan qiziqroq va muhimroqdek go‘yo . Menimcha, xalqimizda vatanparvarlik ruhi juda ham kuchli. Lekin gap unda ham emas. To‘g‘risi, o‘sha qur’a natijasidan keyin saytlarda yurtdoshlarimiz qur’ani muhokama qilib yozgan fikrlarini o‘qib shuni sezdimki, sizlar ham xuddi menday bosh jamoamizni o‘yinlarini sog‘inibsiz!

Eh, mayli. Yuragimizdagi alamni futbolimiz ichida va atrofida qilinayotgan islohotlar bilan hiyla bosib turibmiz. Lekin eng muhim mavzu yana ochiqligicha qolyapti. Milliy termamiz haliyam bamisoli «boshsiz chavandoz»dek kezib yuripti. Bechora Kapadzeni ham tushunsa bo‘ladi. U na to‘laqonli ish boshlay olyapti (chunki biladida hademay boshqa murabbiy kelishini), na ishga borini fido qilib, jamoaga o‘z falsafasini singdira olyapti. Qiziq holat -a! Eng achinarlisi oxirgi mundial saralashlariga nazar tashlasak , biz hech qaysi jamoadan tarkib jihatdan oqsamaganmiz , hatto ustunroq bo‘lganimiz ko‘rinadi. Lekin har doimgidek murabbiylar masalasida biz raqiblardan ortda qolishimiz kuzatilgan va kuzatilib kelinmoqda. Men hozirda Yaponiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Vohid Xalilxodjich yoki Saudiyaning mundialga ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘lim guruhidan olib chiqqan Pyer van Marveykdek murabbiylardan birini termamizga olib kelishni qanchalar orzu qilayotganimni bilsangiz edi! Qani edi ulardan biri tezroq kelsayu, Osiyo kubogigacha jamoamizni to‘liq o‘rganib chiqsa! Hozirgi o‘tkazayotgan o‘rtoqlik o‘yinlarimizdan to‘g‘risi katta naf chiqarishimiz qiyindek mening nazarimda. Chunki yangi kelgan murabbiy baribir hammasini boshidan boshlaydi. Lekin, boshidan boshlashga unda vaqt bo‘larmikin?

Men bir narsani futbolimiz mutasaddilaridan iltimos qilib so‘rardim. Tezroq jamoamizga salohiyatli, dunyo futbolida o‘z nomiga ega bo‘la olgan murabbiyni olib kelishsayu, bizning ham bag‘rimizga shamol tegsa! Bizda hech qachon kadrlar bilan muammo bo‘lmagan, iloyim bo‘lmasin ham. Lekin, agar top murabbiy shu kadrlarni yig‘ib, bir yoqadan bosh chiqarib kuchli jamoa tuza olsa, biz Osiyoda «gegemon» bo‘la olamiz. Bizga hozir uyqudagi «oq bo‘ri»ni uyg‘ota oladigan murabbiy kerak. Yurtimiz futboli ixlosmandalari «Oq bo‘rilar»ni juda ham sog‘inib qoldi. Bo‘ldi, endi sahnaga chiqing. Sizni sog‘indik, o‘zbegim yigitlari!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:16, 19.05.2018.
O'qildi: 12932 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.