Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Umid Ahmadjonov: «Osiyo O‘yinlarigacha yigitlarda ishtiyoq yanada yaxshi bo‘ladi»

Umid Ahmadjonov: «Osiyo O‘yinlarigacha yigitlarda ishtiyoq yanada yaxshi bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetgach, ayni paytda Dohada bo‘lib turgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuvni televizor orqali kuzatib bordim. Menga hammasidan ham yigitlarimizdagi ishtiyoq yoqdi. Erondek kuchli jamoaga qarshi o‘yindan asl maqsad ham aslida shu edi: futbolchilar raqibdan cho‘chib harakat qiladimi yoki unga tik boqadimi — tekshirib olishni istagandik”, — deb gap boshladi Ahmadjonov.

“Marokashga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limini eslab ko‘ring, futbolchilar nomdor raqib oldida biroz shoshib qolishdi va 2 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Keyin o‘zlariga kelib olishganida kech bo‘lgandi. Ammo o‘sha o‘yin uchun achinmadik. Chunki futbolchilar u orqali katta tajriba to‘plashdi.

Bugun esa ko‘rdikki, Eronga qarshi butkul boshqacha futbol bo‘ldi, ya’ni, bizning yigitlar nisbatan yosh bo‘lishsa-da, raqib bilan teng bo‘lishga intilishdi. Bizga natija emas, mana shu jihat muhim edi”.

Umid Mahamatjonovichning fikricha, JCH—2018 saralashi doirasidagi Eronga qarshi uchrashuvlarda O‘zbekiston termasiga aynan dadillik va o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmagandi. Oqibatda futbolchilarimiz raqib darvozasiga zarba berish bobida katta qiyinchilikka duch kelishgandi.

“Biz hozirdanoq har qanday futbolchiga raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar ulardan qo‘rqmaslikni uqtirishimiz kerak, biz talab qilayotgan narsa shu. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati orqali biz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarib oldik. Osiyo O‘yinlarida esa o‘sha tempdan pastga tushmaslikka harakat qilamiz. Bizda hozircha barchasi reja asosida ketyapti. Umid qilamanki, Jakartaga optimal ko‘rinishda yetib boramiz”, — dedi Umid Ahmadjonov.

O‘FA birinchi vise-prezidenti, shuningdek, milliy terma jamoa masalasiga ham to‘xtaldi.

“Biz bejizga Osiyo O‘yinlari haqida bosh qotirayotganimiz yo‘q, hamma rejalarimiz unga qaratilgan. JCH—2018 dan keyin milliy terma bosh murabbiyi masalasida bir to‘xtamga kelib olsak, ana o‘shanda Osiyo Kubogi haqida qayg‘urishni boshlaymiz.

Hozircha esa Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz haqida bilamiz. Qatarga qarshi oktyabr oyida o‘rtoqlik o‘yini kelishib qo‘ydik. Uning detallarini Dohaga tashrifim davomida kelishib oldik. Guruhimizda Ummon borligidan kelib chiqsak, oktyabrda aynan arab jamoalari bizga kerak bo‘ladi. Keyinroq esa Yaponiya va Turkmanistonga mosroq raqiblar bilan ham aloqaga chiqamiz. Bunda albatta bizga keladigan mutaxassis fikri bilan ham qiziqishimiz kerak bo‘ladi”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yini 7 iyun kuni safarda Urugvayga qarshi bo‘lib o‘tadi. Tez orada mazkur uchrashuvga qanday tarkib yo‘l olishi masalasiga oydinlik kiritiladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 00:41, 20.05.2018.
O'qildi: 3809 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.