Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

Sirli skaut Sven va uning «oltin» topilmalari

Sirli skaut Sven va uning «oltin» topilmalari

Baho:
+ | -

«Kasbimni juda sevaman. Men murabbiy ham, uning yordamchisi ham emasman. Lekin shunga qaramasdan, futbolchilar bilan juda ko‘p ishlayman. Garchi mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etmasam ham» - mazkur satrlar «Arsenal»ning germaniyalik bosh skauti Sven Mislintatga tegishli.

O‘z vaqtida u Tomas Tuxel bilan chiqisha olmay, «Dortmund»ni tark etgan, «Bavariya» taklifini rad etib, «Napoli» bilan deyarli kelishuvga erishgan, lekin yakunda Londonga yo‘l olgandi. Mutaxassisning fikricha, APLdagi ijodiy muhit «A» seriyaga qaraganda qiziqarliroq.

Xullas, Yevropa futboliga Mxitaryan, Levandovski kabi ko‘plab yulduzlarni tuhfa etgan skaut endi «to‘pchilar» «zambaragi»ni sozlash yo‘lida izlanmoqda.

«Borussiya»

«Mislintat - daho! Futbol skautlarining nima bilan mashg‘ul ekanliklarini yaxshi bilaman. Ammo Svenning o‘z ishiga bo‘lgan munosabati tasavvurimni butunlay o‘zgartirib yubordi. U har sutkada 25 soat futbol haqida gapiradi, o‘z yordamchilariga o‘ziga ishongandek ishonadi.

Asosiysi, o‘z mehnatining samarasiga o‘ta talabchan. Xorijiy manbalarning ma’lumotlariga ehtiyoj sezsa, klub tilmochlarini oyoqqa turg‘izadi». O‘zining eng yaqin maslakdoshiga Tomas Tuxel shunday yuksak baho bergandi. Taajjubki, bu ikki malakali mutaxassisning hamkorligi uzoqqa cho‘zilmadi.

Buning asosiy sababi shuki, bosh murabbiy tarkibni yangilash borasida tajribali o‘yinchilarga ishonch bildirishni, bosh skaut esa kelajagi porloq yoshlarga yo‘l berishni to‘g‘ri, deb hisoblashardi. Qisqasi, tarkibga oid har bir masala qizg‘in tortishuvlardan keyin yechimini topardi. Lekin ispaniyalik Oliver Torres xususida duet kelisha olmay qoldi.

Tuxelning fikricha, dortmundliklarni og‘ir vaziyatdan 20 yoshli o‘quvchilar emas, faqat tajribali futbolchilargina olib chiqa olishardi. Myunxenda ancha zerikib qolgan Mario Gyotse murabbiy nazdida eng munosib nomzod edi. Mislintat esa Torres nomzodida qat’iy turib oldi.

Bahs bosh murabbiy foydasiga hal bo‘ldi: Yoaxim Vatske ham Gyotsening qaytishini ma’qulladi. Vaholanki, Sven ham Dortmundda o‘ziga yarasha nufuzga ega edi.

Yakub Blashikovski, Lukas Pishek, Robert Levandovskilar uning tashabbusi bilan «Borussiya» safidan joy olishdi, «Sereso Osaka»da yurgan Shinji Kagavaning «MYU»da ham munosib to‘p sura olishini Mislintat boshqalardan ko‘ra avvalroq fahmladi, Obameyangni Dortmundga olib kelish (va tortib olish) ham Svenning ijodi.

Bundan tashqari, Usmon Dembele, Kris­tian Pulishich, Ilkay Gyundogan va Yulian Vaygllarni ham u kashf etgandi. Shunga qaramasdan, Oliver Torres masalasida Tuxel ham, Vatske ham skautning fikriga qo‘shilishmadi va Sven Dortmundni tark etdi.

«Borussiya»dagilar malakali mutaxassis Mislintatning azaliy raqib - «Bavariya»ga o‘tishidan xavotirda edilar. Biroq ularning baxtiga, Sven o‘zgacha qarorga keldi: «Chindan ham, «Bavariya» mendan umidvor edi.

Myunxenliklar bir necha marta qo‘ng‘iroq qilishdi, hatto rafiqamga gul sovg‘a qilib, uni ham o‘z tomonlariga og‘dirishga urinib ko‘rishdi. Men bu yuksak e’tiborni hurmat qilsamda, qarorimni o‘zgartirmadim: tamoman yangicha muhitda ishlashni dilimga tugib qo‘ygandim».

«Arsenal»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 21.05.2018.
O'qildi: 5617 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.